Til haqida sherlar. Ushbu maqolada til haqida she’rlarni taqdim etamiz. Ushbu she’rlar ona tilimizga bo’lgan mehr muhabbatni yanada kuchaytirish uchun eng sara she’rlarni taqdim etamiz.
Ona tilim o’lmaydi she’ri.

«Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yo’qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda».
«Ey voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qaerdan!»
Navoiy bilan Pushkin
Turib keldi qabrdan.
Kim darg’azab,
Kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Bal`zak, Tagor.
«Va’zingni qo’y, birodar,
Sen aytganing bo’lmaydi».
Barcha dedi barobar:
«Ona tilim o’lmaydi».
— Hey, bu qanday aqida! —
Qo’lida tabarruk jom,
Go’zal forsiy haqida
Ruboiy aytdi Xayyom.
Ehtirosli, otashdil
Beranje so’rdi nolon:
— Nahotki, farangi til
Yo’qolgusi bir zamon!
Neruda, Lorka turdi
Servantesning yoniga:
— Kim qasd etib tig’ urdi
Ona tilim joniga!
Fuzuliy yondi:
— Ozar
Tili guldek so’lmaydi.
Barcha dedi barobar:
«Ona tilimo’lmaydi».
Kamalakdek rango-rang
Bo’lsin deb san’at, tillar,
Asrlarcha qildik jang,
Armon qildik ming yillar.
Beqadr bo’lsa, nahot,
Tillardagi tarovat!
Yo’qoldi bu kun, hayhot,
Qabrlarda halovat!
«Faust» yondi gurillab,
«Xamsa» o’tga tutashdi.
Bir sado jahon bo’ylab
Taraldi, tog’lar oshdi.
Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo’lmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
Ona tilim o’lmaydi!
Muqaddasim, munavvarim, ona tilim!
Bir sehrli tillo sandiq- ayoni bor,
Durin sochsang, na cheki, na poyoni bor.
Ham tigi bor, ham tugi bor, tugyoni bor,
Muqaddasim, munavvarim, ona tilim!
Moh siymosi bolmasa, mohitobon nadur?
Aytar sozi bolmasa gar, zabun nadur,
Ona yerga ona tilsiz zamon nadur,
Muqaddasim, munavvarim, ona tilim!
Tavsiya etamiz : Ustozlar haqida she’rlar
Ona tilim qadri – Til haqida sherlar.

Dunyolarni lol aylagan ona tilim,
Azizdirsan, onajonim yopgan nonday.
Ozing xushboy, ozing xushroy, ozing solim,
Asragayman seni abad shirin jonday!
Ona tilim onam tili, qadri osmon,
Gururimsan, sururimsan otamdayin.
Ham akamsan, ham opamsan jon tomirim,
Asragayman kozim nuri bolamdayin!
Ona tilim, omon bol mangu
Belanchaging uzra Koshgariy,
Kuylab otdi qadim navoni.
Va navqiron yaproqlaringga,
Dil qonini berdi Navoiy.
Samarqanddan Bobur ketarkan,
Dilda bogib hasrat sasini.
Olib ketdi ona-yurtidan,
Turkiy tilim, birgina seni.
Ona tilim, omon bol mangu,
Sen borsanki, men ham olmayman.
Tildan qolsam, seni Oybekday
Men kozlarim bilan soylayman.
Ona tilim – Muhammad Yusuf she’ri.

Garchi zug’um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu bo’lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag’ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo’q deb zirqirardi bir joylarim,
Parovozni hansiratgan bug’doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O’zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimdir mayda millat bo’ldi, kimdir katta,
Katta millat — Afandisi yo’kdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o’tsa faqat sendan o’tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Sen bo’lmasang nima bizga sillik she’rlar,
Bu dunyoda tili yo’kda dil yo’q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to’ridagi so’lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Bir qarasam har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Cho’lponlar-u, Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug’ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.
Tavsiya etamiz : Bolalar uchun she’rlar
Xurshid Davron she’ri – ona tilim.

Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim.
Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding, tilim.
Belanchaging uzra Koshg‘ariy
Kuylab o‘tdi qadim navoni
Va navqiron yaproqlaringga
Dil qonini berdi Navoiy.
Samarqanddan Bobur ketarkan
Dilda bo‘g‘ib hasrat sasini,
Olib ketdi ona yurtidan,
Turkiy tilim, birgina seni.
Mashrabmas, sen osilding dorga,
Nodiramas, sensan so‘yilgan
Hoziqningmas, sening, ey tilim,
Boshing ayru, ko‘zing o‘yilgan.
Ammo dushman o‘ldirgan botir
Tirilgandek yana qasosga,
Mangu borsan va mangu qodir
To‘ldirmoqqa yerni ovozga.
Vatan uchun baxsh etib jonni,
Kechib olov, kirib daryoga,
Farzandlaring to‘kkan har qonni
Shimirding sen o‘xshab giyohga.
Ona tilim, omon bo‘l mangu,
Sen borsan-ki men ham o‘lmayman,
Tildan qolsam, seni Oybekday
Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman.
Tavsiya etamiz : Ona haqida she’rlar
Til haqida she’rlar – Abdulla Oripov.
Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.
Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman!
Mardona tilim – Til haqida sherlar
Ne-ne allomalar sening shaningga,
Gozal baytlar bitgan, fikrlar aytgan.
Men ham bir farzanding, angladim, beshak,
Sendan boshlanadi aslida Vatan!
Asrlar bagrida mardona tilim,
Sevib-ardoqlaymiz, ey, ona tilim!
Turkona til
Men qadim Turkiy til,Turkona tilman,
Yofas,Abuturkda buyuk bir meros .
Alfozim chechakdir sharqona tilman
Latofat nazokat jarang menga xos
Orxun Enasoydan toshlariga kochdim
Oglim Tonyuquqning nidosi bolib
ne ne tofonlardan sog omon kechdim
Temyrdek mard ogil sadosi bolib
Ey turkiy Shoxnoma-Qutadgu bilig
Hojib qalamida bitildi menda
Ozim ulug tilman ulug deyulik
Tomaris shiroqning swhiddati menda
Mahmud Qoshgariyning Devonidamen,
Alforizm jilosi, korkini kordim.
Har subhu sodiqda beshik tebratgan,
Ona allasida olamni kordim
Ulug asar bitdi Ahmad Yuknakiy
Mening alfozimdan terib chechaklar
Ahmad Yassaviyning hikmatlarida
Olloh kalomiga qondi yuraklar
Rabguziy qissasin oqigil oglim
Sen undan topasan dardingga malham
Ular shunchaki bir qissalar emas
Unda paygambar ogitlari bor
bobong Xorazmiy sir yoqasida
Muhabbatnomasinyozib bitganda
Shakardek til bolib olamni tutdi
Quvonchdan yigladim bolam ozim ham
Sayfi saroyi bu tengi yoq shoir
Guluston ni bitdi men turkiy tilda
Sadiy ogitlari joy topdi mangu
Har turkiy yurag-u har turkiy tilda
Atoyi bobomning har bir baytida
Jilo berdim ozim kork berdim ozim
Lutfiy gazallarining ajab taftidan
Yana jilolandim toblandim ozim.
Ushbu she’rlar ham ijtimoiy tarmoqlardan olindi.







