Mustaqillik haqida sherlar to’plami. Eng sara va chiroyli she’rlar to’plami mustaqillik bayrami hamda 1-sentabr uchun saralanganlari shu maqolada.
Mustaqillik haqida sherlar.
Mustaqillik ne demak,
Ne demakdir istiqlol?
Buni bilmog‘ing kerak,
Ma’nosini dilga sol.
O‘z yurting – yer, samosi.
Shahri gulshan ma’vosi.
Tongda esgan sabosi,
Tog‘i, bog‘i, daryosi
Endi o‘z mol-u mulking,
O‘z qo‘lingda o‘z erking.
Yurting nurga belanib
Ko‘ringaydir ko‘zingga,
Barcha oltin-gavharing
Buyursin-a o‘zingga.
Endi o‘zingga bog‘liq,
Ne ekib, ne o‘rmog‘ing.
Olqishlar seni borliq,
Zarur erur bilmog‘ing.
G‘ururing solib dilga,
Tezroq ulg‘ay, top kamol.
Erka farzandsan elga
Senikidir istiqbol.
Ona diyor.
O‘ynab-kulib, yayraymiz,
Bulbul bo‘lib sayraymiz.
Quchog‘i bog‘u bo‘ston,
Betakror, jannatmakon,
Seni tan oldi jahon,
Mustaqil O‘zbekiston!
Allomalar beshigi,
Bag‘ri dunyo eshigi,
Madhiyasi, qo‘shig‘i
Mustaqil O‘zbekiston!
Sportchimiz, bardammiz,
o‘oliblarga hamdammiz.
Sohibqiron avlodi –
Har ishda peshqadammiz.
Musaffo osmonimiz,
Hur Vatan posbonimiz.
Doim gullab-yashnasin
Shu aziz bo‘stonimiz.
Ogohlik shiorimiz,
Hushyorlik qarorimiz.
Mangu barhayot bo‘lsin
Hur ona-diyorimiz!
Tavsiya etamiz : Ustoz haqida she’rlar
Yangi O’zbekiston.
Davr-u davron keldi, o‘zgardi zamon,
Buyuk kelajakka ko‘z tikar inson,
Yurakda ishtiyoq, kuchli hayajon,
Yo‘ling yorug‘ bo‘lsin, Yangi O‘zbekiston!
Uchinchi renessans, yuksalish vaqti,
Marraga yetishmoq yoshlarning ahdi.
Yangi O‘zbekiston – Ona xalq baxti
Yo‘ling yorug‘ bo‘lsin, Yangi O‘zbekiston!
Prezident otamiz xalqqa madadkor,
Shu bois bizlarga zafar doim yor.
Aytaman baralla takror va takror,
Yo‘ling yorug‘ bo‘lsin, Yangi O‘zbekiston!
Vatan bu.
Vatan deganim bu —
Yurak deganim,
Yurakka Vatanim
Kerak deganim.
Vatan deganim bu —
Yurak deganim,
Birov-biroviga
Kerak deganim.
Aslida Vatan bu —
Tug‘ilgan joyim,
Birinchi qadamim
Yetgan qo‘rg‘onim.
Madhiyam.
So‘z mulkining ra’nosi,
Tengsiz mazmun-ma’nosi.
Shod dillarning sadosi –
Iftixorim madhiyam,
Hur diyorim madhiyam.
Tenglar ichra teng bo‘lgan,
Baxtu iqboli kulgan.
Jannat bog‘ida gulshan –
Iftixorim madhiyam,
Hur diyorim madhiyam.
Yurt dong‘ini taratgan,
Tilimizni sayratgan.
Saroylarni yangratgan –
Iftixorim madhiyam,
Hur diyorim madhiyam.
Xalqim asriy orzusi,
Istiqlolim ko‘zgusi.
Har bir yurak yog‘dusi –
Iftixorim madhiyam, Hur diyorim madhiyam.
Tavsiya etamiz : Til haqida she’rlar
O’zbekiston bayrog’i
Porlagan yurt charog‘i,
El baxti, ko‘z qarog‘i.
Iftixori, ardog‘i –
O‘zbekiston bayrog‘i!
Ajdodlarning orzusi,
Istiqlolning qomusi.
Hur millat or-nomusi –
O‘zbekiston bayrog‘i!
Allomalar naslimiz,
Ozod yurtda baxtlimiz.
o‘ururimiz, faxrimiz –
O‘zbekiston bayrog‘i!
Quchog‘i bog‘-u bo‘ston,
Giyohi tanga darmon.
Jumla-jahonga doston
O‘zbekiston bayrog‘i!







