Kuz haqida sherlar

Kuz haqida sherlar Sherlar to'plami

Kuz haqida sherlar. Oltin kuz fasli kirib kelishi bilan barcha joylarda uning tarovati tarqala boshlaydi. Sentabr oyida biz asosan olin kuzning iforini his etamiz. Shunday ekan Sizlar uchun kuz haqida eng sara sherlarni taqdim etamiz.

Oltin kuzim – Kuz haqida sherlar.

Mevalarni

Shakar etding,

Yaproqlarni

Sim-zar etding,

 

Oltin kuzim.

To’kin-sochin

Dala-yu bog…

Dehqonlarning

 

Dimog’i chog’,

Saxiy kuzim.

Oltin kuz.

Ko‘z-ko‘z qilib bor bisotini,

O‘lkamizga kuz fasli keldi.

Ona yerning saxovatini

Ko‘rib, qalbim quvonchga to‘ldi.

 

Kuzning qaynoq nafasi dastlab

Dalalarda, bog‘da sezilar.

Tolning sarg‘ish yaproqchalari

Bandlaridan chirt-chirt uzilar.

 

Egilibdi anor shoxlari

Ko‘tarolmay o‘z hosilini.

Uchratasiz ko‘rkam bog‘larda

Mevalarning eng asilini.

 

Paxtazorlar oppoq libosda

Qamashtirar boqsam ko‘zimni.

Qo‘shiq qilib kuylayman bugun

Ona yurtim oltin kuzini.

Tavsiya etamiz : Bolalar uchun sherlar

Xazonrezgi kuz

Yana xazonrezgilik,

Bog’lar rangi siniqdi.

Dilda hokim ezgulik,

Anhorda suv tiniqdi.

 

Oq yaktakli qayinlar

Taqdi yana zar baldoq.

Qushlarga gap tayinlab,

Chag’-chag’laydi zarg’aldoq.

 

Ufq orti lolagun,

Daraxtlardan rang olar.

Xayrlashib kuz bugun,

Sochar oltin tanghalar.

So’nggi yaproq – Dilshod Rajab

Daraxtning bir

Butog‘i

Tutib turar

Yaproqni

 

Qo‘llarida

Avaylab.

Nogoh kelar yel

Poylab.

 

Tortqilay boshlar

Yulqib,

Daraxt qaltirar

Dir-dir.

 

…Ey to‘ymas yel —

Quv, baxil,

Rahm qil-da,

Bu, axir

 

Shir yalong‘och

Daraxtning

Qolgan so‘nggi

Chaqasi.

 

Tavsiya etamiz : Bolalar uchun sherlar

She'rlar
Maqollar
Shaxsiy rivojlanish
Telegram