Bolalar uchun qisqa sherlar. Bolalar uchun sherlar juda ko‘p foyda keltiradi. Ular nafaqat tilda mukammallikni, balki fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatini ham rivojlantiradi. Sherlarni o‘rganish va eslab qolish bolalarda quyidagi ijobiy ta’sirlarni ko‘rsatadi:
- Til o‘sishi: Qisqa sherlar orqali bolalar yangi so‘zlar va iboralarni o‘rganadilar, so‘z boyliklari kengayadi.
- Yadroviy yodlash qobiliyati: Bolalar sherlarni yod olish orqali yodlash va xotira qobiliyatlarini rivojlantiradilar.
- Ijodiy fikrlash: Sherlarning obrazli ifodalarini tushunish va ularni tasavvur qilish bolalarni ijodiy fikrlashga yo‘naltiradi.
- Emotsional rivojlanish: Sherlar bolalarda his-tuyg‘ularni ifodalash va tushunish imkonini yaratadi, ruhiy holatlarni tahlil qilishda yordam beradi.
- Tarbiyaviy ahamiyat: Ko‘p sherlar nafaqat bolalarning fikrlashini o‘stiradi, balki ahloki-ma’naviy qadriyatlarni ham o‘rgatadi.
- Diqqatni jamlash: Qisqa va mazmunli sherlar bolalarda diqqatni jamlashni o‘rgatadi va fikrlashning tizimli bo‘lishini ta’minlaydi.
Xayr bog’cham- Bolalar uchun qisqa sherlar
Xayr bog‘cham, gul bog‘cham,
Bag‘ri to‘la nur bog‘cham.
Xayr o‘yinchoqlarim,
Chelakchamu kurakcham.
Xayr g‘uv-g‘uv mashinam,
O‘rtoq bo‘lganding sen yuam,
Maktab yoshiga yetdim
Endi o‘qiymiz biz ham.
Ilk yoshimda bag‘ringda,
Ardoqlading bog‘chajon.
Sening qaynoq mehringdan
O‘ynab kuldim har qachon
Quchog‘ingdan ketaman,
Ardog‘ingdan ketaman.
Seni o‘ylayman har dam
Xayr mehribon bog‘cham.
Maktabim.
Jonajonim maktabim,
Qadrdonim maktabim,
Xuddi uyimdek aziz,
Oshiyonim maktabim.
Har kun tongda shoshaman,
Sinfdan sinfga oshaman
Bilimga qo’shib bilim,
Daryolardek toshaman.
Muallimlar mehribon,
O’rgatar olam jahon.
Doim faxr etaman,
Maktabim, sen onajon!
O’qish- Bolalar uchun qisqa sherlar</strong>
She’r , hikoya , ertakni
Hech qiynalmay o’qiymiz.
O’qib bo’lgach albatta ,
O’qiganni uqiymiz.
Matematika
Matematika darsi
Hisob-kitoblar bahsi.
To’rt amal bilmoq uchun
Tinglamoq kerak yaxshi.
Yana boshqa she’rlar ham bor.
Ushbu sherlar to’plami farzand.uz saytidan olindi.







