8 Mart She’rlar – Ayollar Kuni Bayramiga Bag‘ishlangan Nafis So‘zlar

8 mart haqida sherlar Sherlar to'plami

8 Mart She’rlar – Ayollar Kuni Bayramiga Bag‘ishlangan Nafis So‘zlar 8 mart haqida sherlar. 8 Mart haqida eng go‘zal she’rlar to‘plami. Xalqaro Ayollar Kuni bayrami uchun sevgi, hurmat va tabrik so‘zlari bilan to‘ldirilgan lirik satrlar.

Rahmat sizga ayollar.

Rahmat sizga ayollar,
Borligingiz katta baxt,
Siz pazanda, siz ona,
Barchasiga topasiz vaqt,
Qalbingiz har kuni ulkan quvonchga to’lsin,
Sakkizinchi mart ayyomi sizga muborak bo’lsin.

Tabriklayman onajon.

Yetkazdingiz voyaga bizni avaylab asrab,
Shodonlikda ulg’aydik doimo kulib o’ynab,
Barchasi uchun rahmat, sog’lom bo’ling har qachon,
Sakkizinchi mart bilan tabriklayman onajon.

Tavsiya etamiz : Ona haqida sherlar

8-mart tabrik.

Eng go’zal insonsiz xayotimdagi.
O’zgani «go’zalim» deganim yolg’on.
Yagona Malikam saroyimdagi.
Bayramingiz bilan onajon.

Onamdek mehribon munisa opam.
Yoshligim eslayman sizni har ko’rsam.
Sizdek vafodormas, menga soyam ham.
Muborak bo’lsin sizga ham bayram.

Ro’moling uchiga tugma bo’layin.
Dunyoda sen bilan mag’rurdir dilim.
Sening shaning uchun mayli o’layin.
Bayraming muborak mehribon singlim.

Men o’zimni kechirolmayman.
To’kilsa sochingni yarim tolasi.
Qochib ham o’zingdan berkinolmayman.
Bayraming bilan, onasi…

Onamga o’xshaydi ko’zlaring sani.
Osmonimdagi yolg’iz yulduzim.
Oppog’im, chiccoyim, shirinim mani.
Bayraming bilan qizim.

Eslamay deyman-u, so’raydi yurak.
Azobim o’zingsan, armonli dilim..
Sen mendan baxtliroq, yashashing kerak.
Bayraming bilan… Ilk muhabbatim…

Meni sotib ketding eng og’ir damda.
Yordaminga yurak bo’lganda tashna.
Erkaklik qilmading yigit bo’lsang-da.
Bu bayram sen uchun, qutlayman oshna.

Onalar uchun.

Nozik qo’lingizda gulmas, qadoqlar.
Mendan topganingiz faqat g’amhona.
Men sabab otamning sochida oqlar.
Farzand bo’lolmadim kechiring ona!

Siz borsiz.

Sizlar borsiz so’zimizda sado bor,
Sizlar borsiz ishq ahlida gado bor,
Sizlar borsiz ming bir dardga da’vo bor,
Men oftobga alishmagan ayollar.
Oftob ojiz asli onam oldida,
Bibixonim yuragimning yodida,
Siz yashaysiz Mohlaroyim dodida,
Men oftobga alishmagan ayollar.

8-mart sherlari.

Ul inson men uchun jon sovg’a qilgan.
Men unga bayramda nima beraman?
Arzon salafanga, hunik o’ralgan.
Ikki dona gul bilan aldab qo’yaman.

Yorim nozlar qilib, ko’zini suzsa.
Bozordan tillolar olib beraman.
Lekin navbat onamga kelsa.
Ikki dona gul bilan aldab qo’yaman.

Endi o’ylang bu ish tuzikmi?
Hayronman, lolman xayot yo’lida.
Yorim tashlab qo’yar tillo uzikni.
Gullar… quriguncha Onam qo’lida.

Tavsiya etamiz : 21 – mart sherlari

O’zbek ayoli.

Sizga go‘zal ko‘rinar olam,
Har biringiz dono, ziyoli.

Qayda bo‘lmay degaysiz, bolam,
Sharqning guli — O‘zbek ayoli.

Sizlar borki, shukuxga to‘lar,
Bu dunyoning ko‘rkam jamoli.

Odam, olam shodlikla kular,
Sharqning guli — O‘zbek ayoli

8-mart.

Sizga quvonch ulashay bugun,
Quchog‘ingiz gullarga to‘lsin.
Gulga oshno guldek ayollar,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.

Bugun baxtdan yayrasin dillar,
Ko‘zingiz ham quvonchga to‘lsin.
Erkak ko‘rki, go‘zal ayollar,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.

Baxor go‘zal bayramlar fasli,
Yana shunday bayramlar bo‘lsin.
Tazimdamiz sizga ayollar,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.

Sizga baxtni tilayman mangu,
Bu dunyoda baxtingiz kulsin.
Chin yurakdan aytay ayollar,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.

Ayyom muborak.

Qalbingiz hamisha quvonchga to‘lsin,
Shodlik baxt doimo hamroxingiz bo‘lsin,
Har bir kuningizga Olloh fayz bersin,
Bugungi ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Tavsiya etamiz : 21 – mart sherlari

She'rlar
Maqollar
Shaxsiy rivojlanish
Telegram