Yangi yil haqida sherlar bolalar uchun. Ushbu maqolada bolalarimiz uchun jajji bolalarimiz uchun yangi yil yangi shukuh haqida she’rlarni taqdim etamiz. Siz ushbu she’rlardan foydalaning.
Yangi yil haqida she’rlar sizlarga
Assalom yangi yil
Assalom, Yangi yil, yangi rejalar,
Yangi o’y-rejali kunduz-kechalar!
Yangilik yaratgan qo’llar bor bo’ling.
Yaxshilik chorlagan yillar bor bo’ling!
Assalom, Yangi yil, yangi kashfiyot,
Mo’l bo’lsin senda baxt-saodat ziyoda,
Barchaning orzusi ushalsin, do’stlar,
Mehrdan poyondoz to’shalsin, do’stlar!
yoqadi degan umiddamiz.
Xush kelibsan yangi yil
Xush kelibsan,elimizga,Yangi yil,
Ziyo sochgin yo’limizga,Yangi yil,
Zafar keltir, tinchlik,omonlik,
Quvonch keltir,elimizga,Yangi yil!
Tavsiya etamiz : Bolalar uchun she’rlar
Yangi yil haqida sherlar
Kirib keldi yangi yil,
Barcha quvnar, shodon dil.
Kelishingni xo’p kutdik,
Yangi yilim, yangi yil.
Kutdik seni barchamiz,
Bezab qo’yib archamiz.
Qorbobo va qorqizga
She’r yod oldik ancha biz.
Yangi yilim, yangi yil,
Barcha quvnar, shodon dil.
Qadaming bo’lsin qutlug’,
Bayramdirsan-a, ulug’.
Tabrigimiz qabul qil,
Yangi yilim, yangi yil.
Yangi yilim, yangi yil,
Yangi yilim, yangi yil.
Archa – Yangi yil haqida sherlar.
Nina bargli archaman,
Do’st tutundim barchaman.
Atrofimda aylanib,
Qo’shiq ayting, charchamang.
Yangi yil keldi yaqin,
Ko’plab o’yinchoq taqing.
Kuy, qo’shiq, raqsingizdan
Rosa shodman, bir boqing.
Sizning she’r va raqsingiz
Ta’tir menga yil bo’yi.
Shu bois yam-yashilman,
Cho’zilar har yil bo’yim.
Men archaman, archaman,
Sizdan shodman qancha man.
Barchangiz omon bo’ling,
Bor bo’ling-ey, charchamang.
Yangi yil kirib kelsa.
Yangi yil kirib kelsa,
Shodlikka to‘lib kelsa.
Yasatamiz archamiz,
Baxt-iqbol kulib kelsa.
Qani, davra quraylik,
Quvnashaylik-o‘ynaylik.
Istiqlol bergan baxtni
Qo‘shiqlarda kuylaylik.
Naqorat:
Qorbobo, hoy qorbobo,
Sog‘indik, keling bobo,
Yangi yil kirib kelsa,
Baxt-iqbol kulib kelsa.
Qorbobo qorqiz bilan,
Bizning bayramga keling.
Xaltangiz to‘la bizga,
Sovg‘a-salom keltiring.
Qani, davra quraylik,
Quvnashaylik-o‘ynaylik.
Istiqlol bergan baxtni
Qo‘shiqlarda kuylaylik.
Yangi yil muborak
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
Qalbingiz yashnasin Misoli yaproq
Tuganmas Baxt shodlik hamisha hamrox
Nurlarga bezalsin har bir o’tar chog’
Sizga yangi kunda yangicha tilak,
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak.
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
Hafalik yarashmas, ranjimang Zinxor,
Shirin Tabbassumla ko’rsatib Viqor,
Ostonangiz uzra 4 fasl baxor,
Sayrasin shux qushlar, giryon Kapalak
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
Sizdanda eng baxtli inson bo’lmasin,
Farishtalar Izingizdan hech qolmasin,
Mexr muhabbatdan sira tolmasin
Ko’ksingizda urib turgan bu yurak;
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
Qalbingizdan yiroq bo’lsin andux g’am,
Nogoh ko’zingizda ko’rmay sira nam,
O’zingizni asrang mening uchun ham
Xudoyberdidan bir samimiy tilak
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak.
Yangi yil kirib keldi.
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
O‘tib kunlar shodasi,
Tinim bilmayin yeldi,
Yangi kun ifodasi,
Yangi yil kirib keldi!
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
Ortda qoldi bir yil xam,
Kimda shodlik kimda g‘am,
Ko‘taring kayfiyatni,
Qilaylik katta bayram.
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
Yangi yangi yangi yil!
Kirib kelar yangi yil!
Shodliklarga to‘lib dil,
Kirib kelar yangi yil!
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
Chorlang xamma-xammani,
Bezatamiz archani,
O‘ynab kuling azizlar,
Kengroq olib davrani.
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
Baxt porlaydi ko‘zlarda,
Xayajon bor so‘zlarda,
Arimasin tabassum,
Bugun barcha yuzlarda!
Tavsiya etamiz : Bolalar uchun she’rlar







