- Qish fasli haqida eng chiroyli she’rlar to‘plami.
- Qish kelipti yastanib.
- Kelmoqda Qish Qo‘shini.
- Maktab o‘quvchilari uchun qish fasli haqida she’r.
- Mehmon bo’lib keldi qish.
- Qor haqida.
- Qishning ishi
- Qor yog’dirib turadi
- Qish kelmoqda.
- Qor parchalar.
- Qish Simfoniyasi
- Qish alyori – Qish haqida she’rlar.
- Yog’ yog’aver oppor qor.
- Qor.
Qish fasli haqida eng chiroyli va ta’sirli she’rlar. Qorli manzaralar, sovuq tunlar va tabiiy go‘zallik haqida yozilgan qish fasliga bag‘ishlangan eng sara she’rlar to‘plami. Maktab o‘quvchilari va ijod ixlosmandlari uchun!
Qish fasli haqida eng chiroyli she’rlar to‘plami.
Qish fasli — tabiat oppoq libosga burkanib, tinchlik va osoyishtalikni eslatuvchi mo‘’jizaviy davrdir. Quyida sizga bolalar, o‘quvchilar, va kattalar uchun mos bo‘lgan qish mavzusidagi eng yaxshi she’rlarni taqdim etamiz.
Tiniq suv shildir-shildir,
Muz tagidan oqqanda,
Chana uchgim keladir,
Qish fasli qor yoqqanda.
Qor ustidan chanalar,
Gʼiz-gʼiz uchar oʼq kabi.
Chunki oʼynab bolalar,
Qizib ketar choʼgʼ kabi.
Baʼzan qor boʼron oʼynab,
Quvlashib qor otamiz.
Qorqiz, qorbobo yasab,
Qish zavqini totamiz!
Qish kelipti yastanib.

To‘rt fasllar aylanib,
Qish kelibdi yastanib.
Zamin oppoq o‘ramda,
Yumshoq, momiq gilamda.
Ko‘cha to‘la bolalar,
Uchar quvnab chanalar.
Yanoqlari zir qizil,
Lek yonmoqda qizib dil.
Olam naqadar go‘zal,
Ertakdaman shu maxal.
Osmonlardan yog‘ar qor,
Atrofga sochib chiroy.
Tarnovda to‘p sumalak,
Qator-qator bir talak.
Mo‘ri, pechdan bo‘rillab,
Tutqun o‘ynar tarallab.
Mo‘jaz, sirlarga boysan,
Erka, to‘lingan oysan.
Kuch olar uxlab borliq,
Tanga bag‘ishlab xordiq.
Kelmoqda Qish Qo‘shini.
Dov-daraxtlar mizg’igan,
Izg’irin yel izg’igan.
Ko‘chalar yaraqlaydi,
Yulduzlar charaqlaydi.
Jamlab barcha kuchini,
Kelmoqda qish qo‘shini.
Maktab o‘quvchilari uchun qish fasli haqida she’r.
Dov-daraxtlar mizg’igan,
Izg’irin yel izg’igan,
Ko’chalar yaraqlaydi,
Yulduzlar charaqlaydi,
Jamlab barcha kuchini,
Kelmoqda qish qo’shini.
Tavsiya etamiz : Yangi yil haqida she’rlar
Mehmon bo’lib keldi qish.
Dala-dashtda tindi ish,
Mehmon bo’lib keldi qish.
Qish emas, — qor bobo,
Sovg’alari bor bobo.
Uyda bezog’lik archa,
Tepasida oyparcha.
Xuddi yozday, bahorday,
Iliq kuzgi nahorday.
Qor yog’ar kecha-kunduz,
Suv sovqotib kiygan muz.
Dala-dasht — oppoq gilam,
Qoqib bo’lmas sira ham.
Orom berar qor yerga,
Dam-badam tushib terga.
Kela qolsa gul bahor,
Erib ketar yerdan qor.
Qor haqida.

Qor, qor, qorlar,
Atrof porlar.
Yilt-yilt nurdek,
Oppoq undek.
Shakar undek,
Shakar, desam.
Agar yesam,
Og’rir tishim.
Qor, qor, qorlar,
Atrof porlar.
Yilt-yilt nurdek.
Bu ham qiziq : Bolalar uchun she’rlar to’plami
Qishning ishi
Qoyilman qish ishiga,
Zavq beradi kishiga.
Anhorni muzga qoplab,
Yaxmalak qildi boplab.
Faqat shuni bilmadim.
O‘ylab, o‘yga yetmadim.
Olamga oq libosni
Qanday qilib yopdiykin?
Buncha oq rang, oq nurni
Qanday qilib topdiykin?
Qor yog’dirib turadi
Qorbobom bilan kelsam,
Quvonasiz chindan.
Qormomong ham bormi, deb
So‘ramaysiz mendan.
Qormomom ham bor mening,
U tog‘larda yuradi.
Yo‘limiz oq bo‘lsin deb,
Qor yog‘dirib turadi.
Qish kelmoqda.
Oppoq qish-ey, oppoq qish,
Eh, qorlari yumshoq qish.
Chana, konki o‘ynatgan,
Quvnoq qish-ey, quvnoq qish.
Dam olmoqda dalalar,
Keng vodiylar, daralar,
Fasl gashti atrofga,
Qo‘shiq bo‘lib taralar.
Tarnovlarda sumalak,
Ko‘llar oyna—yaxmalak.
Ayting, ayting bo‘lmasin,
Hech kim yo‘lda charxpalak.
Sovuq hazllasharmi,
Yuzlar jizillasharmi,
Goho-goho uchragan,
Qo‘rqoqni izlasharmi?
Oppoq qor sut singari
Ona Yerga singadi.
Oftob kelib yaqinroq,
Qishning qahrin yengadi.
Oppoq qish-ey, oppoq qish,
Tarqoq qish-ey, qo‘rqoq qish.
Qor parchalar.
Qor parchalar, parchalar,
Oq kiyadi archalar.
Qir, adirlar, qo‘ralar
Oq kiyimga o‘ralar.
Uyga kirdi oq odam,
Qarasam, mening dadam.
Dadamning ustin qoqdim,
Dadamga kulib boqdim.
Yoqalarin tuzatdim,
Issiq to‘nni uzatdim.
Qish Simfoniyasi
Yop – yorug‘ zulmat ichra,
Qora rangli qorlar yoqqanda.
Men qorong‘i xonaga kirib
Pechkaga qalayman
Oppoq ko‘mirni.
So‘ngra yog‘ayotgan qora qorlarga,
Derazadan g‘amgin termulib,
Sen yomon degan
Yaxshi odamlar haqida.
Sen yaxshi degan
Yomon odamlar haqida
O’ylay boshlayman.
Shunday qarshilayman
Qora tonglarni.
Tavsiya etamiz : Yangi yil haqida she’rlar
Qish alyori – Qish haqida she’rlar.
Osmon qorni eladi,
Yerni oqqa beladi.
Xuddi yumshoq parto‘shak,
Dumalaging keladi.
Qor yog‘ar-ey, qor yog‘ar,
To‘lib dala-qir yog‘ar.
Boshimizdan sochqiday
Oq marvarid, dur yog‘ar.
Xo‘p yaxmalak otamiz,
Goho qorga botamiz.
Qizib jo‘shar jon tanda,
Kim deydi sovqotamiz?
Qish yaxshi-yo, qish yaxshi,
Oppoq qor — kumush yaxshi.
Bir-birovga qor otib,
Qiyqirib quvish yaxshi.
Qorto‘plarni otamiz,
Rosa kulib qotamiz.
Pisand qilmay ayozni,
Qish zavqini totamiz.
Qor yog‘ar-ey, zo‘r yog‘ar,
Xo‘p quvnatib dillarni,
Zavqimizga jo‘r yog‘ar.
Yog’ yog’aver oppor qor.

Yog’, yog’aver oppoq qor,
Yog’ishingga ko’z tikib,
Oqshom-u tonglar takror,
Ko’kka boqdik entikib.
Yog’, yog’aver oppoq qor,
Chang‘i-chanamiz tayyor.
So’ng o’ynaymiz, qor bo‘ron,
Vaqtimiz ketmas bekor.
Yog’, yog’aver oppoq qor,
Eshik qoqmoqda bahor.
Butun borliq yashnasin,
Yog’aver takror-takror.
Qor.
Qor, uning yumshoqligi, o‘yinlar va bahorda qanday erib ketishini bolalar tili bilan tushuntiruvchi didaktik she’r. Qish mavzusi uchun ideal, o‘qituvchilar va tarbiyachilar uchun foydali material.
Atrof qor, qish faslida,
Murod ag‘anar qorda.
Yumshoq qorning ustida,
Dumalash juda zo‘rda.
Lekin bahor kelganda,
Qorlar erib ketadi.
Bug‘ bo‘lib parlanganda,
Yerga singib ketadi.
Bu tabiat qonuni,
Bunga nima xam dersiz?
Ko‘rib quyosh nurini,
Erib ketadi esiz!
Agar siz qish fasli haqida go‘zal, ta’sirli va oson yod olinadigan she’rlar izlayotgan bo‘lsangiz, yuqoridagi to‘plam aynan siz uchun. Bu she’rlar maktab darsliklariga, adabiy kechalar yoki shunchaki ruhiy zavq uchun juda mos keladi.
Saytdagi she’rlar savol-javob.com hamda telegramdan qoparildi.







