Bayroq Haqida She’rlar — Milliy G‘ururimiz Ramzi

Bayroq Haqida She’rlar — Milliy G‘ururimiz Ramzi Sherlar to'plami

Bayroq — har bir millatning g‘ururi, iftixori, ozodlik ramzi. U millatning tarixini, madaniyatini, birligini aks ettiradi. Bizning saytda siz milliy bayroq haqida eng yaxshi she’rlar, dildan chiqqan nafis so‘zlar, vatanga muhabbatni ifoda etuvchi lirik asarlarni topasiz.

Saytimizda faqat bayroq mavzusidagi eng yaxshi she’rlarni to‘pladik. Masalan, milliy bayroq ramzi sifatida u qanday qadrlanishi, qahramonlik va sadoqat timsoli ekanligi haqida she’rlar mavjud.

O’zbegim bayrog’i.

She’rda bayroq nafaqat ko‘kda hilpirab, balki qalbimizda, yurakda, ko‘nglimizda ham doim yashab turishi ta’kidlanadi. U bizning yo‘ldoshimiz, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchimizdir. Bayroq davlat ramzi sifatida baland gumbazlar, peshtoq va osmon kabi yuksak joylarda ham yaltirab turadi.

Qalbimiz to‘la surur,
To‘tiyo yurt tuprog‘i,
Hilpirab turar mag‘rur,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Iftixor dilimizda,
U yo‘ldosh yo‘limizda,
Yuksalar qo‘limizda,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Gumbazlarda, yuksakda,
Peshtoqlarda, falakda,
Ko‘ngillarda, yurakda,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Tasviyamiz : Mustaqillik haqida sherlar

Istiqlol bayrog’i.

Bu yerda shoir ona yurtini, O‘zbekistoni jon-u dilidan sevishini ifoda etadi. U yurt — uning hayoti va g‘ururidir. Istiqlol bayrog‘ini — mustaqillik ramzini — juda hurmat bilan, chuqur muhabbat bilan yuziga surti (tepib o’pib), ulug‘laydi. Bu harakat shoirning millatiga, yurtiga bo‘lgan sadoqatini va iftixorini ko‘rsatadi.

Ona yurtim jon yurtim
Hur O’zbekiston yurtim
Istiqlol bayrog’ini
O’pib yuzimga surtdim.

Bayrog’imiz dunyo uzra.

Xalqim orzu niyati
Dilda quvonch soladi
Bayrog’imiz dunyo uzra
Yurtga dovrug’ soladi.

Tasviyamiz : Ona haqida sherlar

Hilpirayver bayrog‘im.

She’rda O‘zbekiston bayrog‘ining to‘rt rangi haqida so‘z boradi: qizil, yashil, moviy va oq ranglar. Har bir rang o‘ziga xos ma’noga ega va milliy ramz sifatida qadrlanadi.

  • Oq rang — odillik va soflik belgisi sifatida insonlarga xos xislatlarni ifodalaydi.

  • Yashil rang — Vatan, uning tabiatini, qir-yeziklarini aks ettiradi, u Vatanning ko‘zgusidir.

  • Qizil rang — inson va uning tomirida oqayotgan qon, ya’ni jon, hayot va jasorat ramzidir.

  • Moviy rang — osmonning musaffo, ko‘m-ko‘k rangini, tinchlik va osuda hayotni ifodalaydi.

She’rda shuningdek, bayroqdagi o‘n ikki yulduz viloyatlar ramzi sifatida ta’riflanadi. Bu bayroq Vatanimizning faxri, chiroyi va g‘ururidir.

Bayrog‘imiz to‘rt rangda,
Qizil, yashil, moviy, oq
Menga oq rangi yoqar,
Hammasidan ham ko‘proq.

Oq rang insonlarga xos,
Odil, soflik belgisi
Yashil rangi Vatanning
Qir-adrlar ko‘zgusi.

Qizil rangi ham inson,
Tomirida oqqan qon.
Moviy rang o‘lkadagi
Ko‘m-ko‘k musaffo osmon.

O‘n ikki yulduz asli,
Viloyatlar ramzidir.
Bu bayroq Vatanimiz
Chiroyidir, faxridir.

O’zbekiston bayrog’i.

Ko’kda hilpirar mag’rur, O’zbekiston bayrog’i
Dillarga solar g’urur, O’zbekiston bayrog’i
“O’z bayrog’im” deb xalqim, Dilda qilar iftixor
Undagi har bir rangning, O’z nomi, ma’nosi bor.

Millat bayrog’i.

Bu she’rda o’tgan qiyin va qora kunlar ortda qolgani ta’kidlanadi. Endi yurtimizda tinchlik va mehr-muhabbat hukmron. «Millat bayrog’i» – millatning ramzi sifatida yorqin, porloq va hurmatga sazovor ekanligi ifodalanadi.

She’rda osmon to‘la oq yulduzlar tasvirlangan, ular orasidan o‘n ikki tasi ayniqsa muhim – bu o‘n ikki viloyatni ramziy ifodalashdir. Bu yulduzlar bayroqni yanada chiroyli va qadrli qiladi.

So‘nggi satrda bayroq «mangulik hur yo‘lida» ekanligi ta’kidlanib, u doimiy ravishda erkinlik, ozodlik yo‘lida yorug‘lik beruvchi ramz sifatida qadrlanishi ifodalanadi.

Qora o’tmish qoldi ortda,
Dorilomon kunlar yurtda.
Mehr-ko’zdi, muhabbatda,
Porla, Millat bayrog’i!

Osmon to’la yulduz-oppoq,
Bir-biridan chaqnoq biroq-
12 si eng yaroqroq,
Porla, Millat bayrog’i!

Mangulik hur yo’lidasan,

Tasviyamiz : Ustozlar haqida sherlar

Ma’lumotlar hujjatdan olindi.

She'rlar
Maqollar
Shaxsiy rivojlanish
Telegram