Ona haqida tasirli sherlar to’plami. Ushbu maqolamizda Onajonlarimiz, buvijonlarimiz hamda jajji singillarimiz uchun she’rlarni taqdim etamiz. Ushbu she’rlar ijtimoiy tarmoqlardan hamda turli xil saytlardan olingan bo’lib, undan foydalanish bepul. Ona haqida sherlarni o’qib bo’lgach albatta fikringizni bildiring. Ona haqida sherlar sizlarga yoqadi degan umiddamiz.
Ona haqida tasirli sherlar.

Dunyodɑ yɑshɑymɑn shodonu, beģɑm,
Yɑrɑtgɑnlɑr to’rt muchɑm soģlomu, bekɑm.
Olɑmni ko’rishgɑ mushɑrrɑf qilgɑn
Onɑmni ɑsrɑgin yo Qodir Egɑm.
Jɑnnɑt poyidɑ deb yɑrɑtgɑn Olloh
Meni hɑr bɑlodɑn etuvchi ogoh.
Sɑrbɑlɑnd qɑddimni tutub turguvchi
Onɑmni ɑsrɑgin yo Qodir Egɑm.
Yuzidɑ nuri bor , hokisor pɑri
Ayollɑr ichindɑ nɑfis ,dilbɑri.
Betɑkrorim, yetti olɑm sɑrvɑri
Onɑmni ɑsrɑgin yo Qodir Egɑm.
Erini ɑlishmɑs podshoh, Sultongɑ
Qɑnoɑt qilɑrlɑr bir pɑrchɑ nongɑ.
Ko’ngillɑrin ochgɑn fɑqɑt iymongɑ
Onɑmni ɑsrɑgin yo Qodir Egɑm.
Begona, yotdɑn hɑm mehrin qizģonmɑs
Qilgɑn sɑvobigɑ mɑqtov shɑrt emɑs.
Husndɑ mohlɑr hɑm teng kelɑ olmɑs
Onɑmni ɑsrɑgin yo Qodir Egɑm.
Uyimiz ko’rkidir fɑrishtɑ misol
Dɑdɑmni obro’si, fɑyzi ehtimol.
Hɑyotning ustuni, tɑrixi timsol
Onɑmni ɑsrɑgin yo Qodir Egɑm.
Koinot sɑhnidɑ yɑshirgɑn sirin
Tɑrixi, ildizi olɑm yɑshirin.
Diydori hɑmmɑdɑn , hɑr nedɑn shirin
Onɑmni ɑsrɑgin yo Qodir Egɑm.
Mohim ɑytɑr : oltindɑn qimmɑt duosi
Yer yuzin ɑsrɑydi , ona nidosi.
Yolģizim, munisim, dunyom dunyosi
Onɑmni ɑsrɑgin yo Qodir Egɑm.
Ona Doringizni ichdizmi Bugun.

O’zim bilan gohi ovvora o’zim
Nechta hurliqoga bo’lganman Maftun
Shu yoshga kirib lek aytmagan so’zim
Ona Doringizni ichdizmi Bugun
Bir kam dunyo kamin to’ldirayin deb
Sarsonaman yana tinmay kunu-tun
Bir bora so’rmabman goh ko’ngil uchun
Ona Doringizni ichdizmi Bugun
Siqilganda borib taftizni quchib
Yana sizga borib to’kaman dardim
Demabman bir lekin qo’ng’iroq qilib
Ona Doringizni ichdizmi Bugun
Mehr kutdim gohi nechta sanamdan
Do’st deya chopibman xudo bergan kun
Do’st chiqmadi boshqa, mushtiparimdan
Ona Doringizni ichdizmi Bugun
To’rtta dori olib uyga kirmabman
Dorixona yo’lim to’ssa ham har kun
Ayting ona qaysi doriz tugagan
Ona, Doringizni ichdizmi Bugun
Men o’sha shoirman men o’sha hofiz
Qo’lda gitarasin quchgan sho’x o’g’ling
Uyga qaytayabman ayting ne etay
Ona Doringizni ichdizmi Bugun
✍ Boburbek Temirov
Tavsiya etamiz : Boshqa she’rlar to’plami.
Ona haqida sherlar
Ona yuzingizga tushibdi ajin.
Koʻzingizni nuri hiralashibdi.
Hech kim eshitmapdi onamni dardin.
Bechora qalbini yaralashibdi.
Men nodon musofir yurtida yurib.
Onam qariganin sezmay qolibman.
Yillar oʻtibdi ham davrimni surib.
Bitta asochalik boʻlmay qolibman.
Oʻsha otam ekkan majnuntol daraht.
Onamni asrabdi soyalar boʻlib.
Menchi darahtchalik boʻlmapman badbaht.
Shu kundan qaniydi oʻlsaydim qolib.
Onamni oyogʻin oʻpib yigʻladim.
Qaltiroq qoʻllarin koʻzimga surtib.
Oʻtgan umrimga men bagʻrim tirnadim.
Dudogʻim qaltirar ovozim yutib.
Yuzimni silagan qoʻllarni hidi.
Mushki anbarlari burqib turardi.
Bolam tirikmisan qiynaldingmi deb.
Mendan havotirda qoʻrqib turardi.
Ona qargʻamangiz kechiring meni.
Yolgʻiz oʻgʻlingizni koʻzi koʻr boʻlgan.
Milyon topdim ammo qadri yoʻq uni.
Onasin zor qilib oʻzi hoʻr boʻlgan.
Bolam hayriyatki jonim chiqmadi.
Ozib ketibsanmi sogʻindim juda.
Yuborgan hatlarim senga yetmadi.
Meni asrab turdi yaratgan hudo…….
Onamning poyidan pastdir bu dunyo.

Omad kelib quyosh kulib boqsa ham,
Tashvishsiz, shodlikda boʻlsamda bekam,
Tunda oy yoʻlimni yoritganda ham,
Onamning poyidan pastdir bu dunyo.
Kunlarim ertakdek oʻtganida ham,
Yaxshilar qoʻlimni tutganida ham,
Kimlardir yoʻlimni kutganida ham,
Onamning poyidan pastdir bu dunyo.
Ishlarim yurishib boyib ketsam-da,
Ustga birni kiyib birni yechsam-da,
Noz-u neʼmatlarga toʻyib ketsam-da,
Onamning poyidan pastdir bu dunyo.
Onamning oʻrnini bosmaydi hech kim,
Onamdek qalbini ochmaydi hech kim,
Onam mehri oldida loldirman, men jim…
Onamning poyidan pastdir bu dunyo.
Meni barchadan zoʻr suyguvchi onam,
Dilimda borini bilguvchi onam,
Barchadan ustunroq qoʻyguvchi onam,
Onamning poyidan pastdir bu dunyo….
✍ Asqarova Tursunoy
Tavsiya etamiz : Ustozlar haqida she’rlar.
Otam haqida.
Dunyo ishlariga chidab berdim jim,
Yoʻllarim bogʻladi telba aqida.
Men kuylab yashadim muhabbatni, chin,
Biroq sheʼr yozmadim otam haqida.
Goh jonim ayadim, shirin jon dedim,
Intiqom shavqida qonga qon dedim,
Boshimga gʻam tushsa, “Onajon!” dedim,
Biroq sheʼr yozmadim otam haqida.
Yelkam ezayotgan toshlar – ming botmon,
Toshlar menga, men ham toshlarga yotman,
Bir kuni boʻgʻzimdan oladi ketmon,
Chunki sheʼr yozmadim otam haqida.
Kimningdir qalbiga qaladim qaygʻu,
Kimningdir visolin ayladim orzu,
Kimningdir joniga oro kirdimu,
Lekin sheʼr yozmadim otam haqida.
Meni jahannamga yetaklar gunoh,
Koʻr qilmishlarimga qismatim guvoh,
Bu hukm boisin aytadi Olloh:
“Nechuk sheʼr yozmading otang haqida?”
Sizni juda sog’indim ona.

Toʻlib ketdi yuragim rossa,
Suʼratingiz bagʻrimga bosa.
Bugun toʻldi sabrli kosa,
Sizni juda sogʻindim ona..
Sogʻinchlardan bagʻrimni tilib,
Dardu-gʻamdan yuragim toʻlib.
Ruhingizni bezovta qilib,
Sizni juda sogʻindim ona..
Roʻmolingiz yuribman hidlab,
Tushlarimdan izladim yigʻlab,
Ortingizdan qoldimku boʻzlab,
Sizni juda sogʻindim ona..
Taqdir rosa sabrim sinadi,
Sizsiz koʻngil uyim quladi.
Bu azoblar qachon tinadi,
Sizni juda sogʻindim ona.
Tavsiya etamiz : Boshqa she’rlar to’plami.
Nega yig’ladingiz ayting onajon.
Nega yig’ladingiz? -Ating Onajon…😢
Ma’yus ko’zlaringiz qizargan nega,
Ayting aytmasangiz bo’laman tamom.
Qarang sig’mayabman hatto o’zimga,
Nega yig’ladingiz? -Aytingiz Onajon.
Beg’ubor qalbingiz o’rtadi nima,
Yoki kimdur sizni qildimi xafa,
Iltimos jim turmang mushtiparginam,
Nega yig’ladingiz? -Ayting Onajon.
Chidolmayman ko’zingizdan yosh ko’rsam,
Bundan ko’ra roziman hatto o’lsam.
Jonim og’riyabdi titrab bu tanam,
Nega yig’ladingiz? -Ayting Onajon.
Ayting yoki sizni xafa qildimmi,
Dilingiz og’ritdi ayting kim qachon.
Shunchalar beparvo farzand bo’ldimmi,
Nega yig’ladingiz? -Ayting Onajon.
Dunyo ko’rinyabdi ko’zimga qora,
Nahotki yig’ladi Onam bechora.
Qani ko’rmasaydim men buni zora,
Nega yig’ladingiz? -Ayting Onajon.
Endi yuragimdan ketmas bu og’riq,
Balki o’lgunimcha bo’lmasman foriq.
Qanday dard qiynadi sizni nechog’lik,
Nega yig’ladingiz? -Ayting Onajon.
Azobingiz ko’zingizdan sezilar,
Termulgancha yurak bag’rim ezilar.
Bo’g’zimdan bir emas ming jon uzilar,
Nega yig’ladingiz? -Ayting Onajon
Onajonim – ona haqida sherlar.

Koʻksingizni bolish qilib
Oʻzim yostiq boʻlolmadim
Boringizni oldim ammo
Sizga borim berolmadim
Tunlaringiz oʻgʻirlab lek
Kunduzim xech tutolmadim
Ming gʻamimni chektirib xam
Xasratingiz yutolmadim
Dardi bisyor dardmand boʻlsam
Sizdan zzga kon yutmadi
Kimni jon deb jon ogʻritdim
Ming joni bir jon tutmadi
Bagʻri bir puch yongʻoq kabi
Boʻshab xoli qolsam keldim
Faqatgina nochoru zor
Bemadordek boʻlsam keldim
Tashvishu gʻam anduxlarim
Uchradi duoingiz
Dunyolardan tonib kelsam
Yetib ortar dunyoingiz
Eh onamaa mehribon onam..
Eh onamaa mehribon onam..
Sizni bugun sogʻindim biram.
Mehr izlab erka qizingiz.
Qarang yana koʻzlarida nam.
Eh onamaa jannatim onam.
Soʻzlari bol tengsiz yagonam.
Sizsizlikda ogʻrindi koʻnglim.
Qarang yana koʻzlarimda nam.
Eh onamaa sirdoshim onam,
Yuragimni qiynar bir alam.
Diydoringiz qumsab men bugun,
Qarang yana koʻzlarimda nam.
Eh onamaa dardkashim onam,
Yurak bagʻrim kuyib ketdiku.
Samolarni tutib har nolam,
Qarang yana koʻzlarimda nam.
Eh onamaa mehribon onam.
Edingizku ahir bir donam.
Yolgʻizlikda toʻlib paymonam,
Qarang yana koʻzlarimda nam.
Tavsiya etamiz : Ustozlar haqida she’rlar.







