Mevalar haqida sherlar. Ushbu maqolamizda eng ko’p mevalar haqida she’rlarni taqdim etamiz. Siz ularni yod olishingiz ham mumkin. O’ylaymizki bolalar uchun mevalar haqida sherlar siz bolajonlar va aziz ota onalarga birdek manzur bo’ladi.
Mevalar haqida sherlar.

Biz shirin-shakar mevalar,
Bugun tortiq sizlarga,
Keling zukko bolalar,
Ta’rif bering bizlarga.
Shaftoli,olma,anor,
Qaroli,olhuri bor,
Sabzavotlar bir tomonda,
Bugun keldik mehmonda.
Sabzi,piyoz,kartoshka,
Bugun keldik xosil oshga,
Bugun bayram o’ynaymiz,
Kuy qushiqlar tinglaymiz.
Anor haqida sher.
Meni anor deydilar
Mazza qilib yeydilar
Yoqut misol har donam,
Xurmo mening dugonam.
Yong’oq – bolalar uchun mevalar haqida sherlar.

Yog’och qobiq ichida.
Moyga to’lganman juda
Quvvatsizga darmonman
Vitaminlarga konman.
Iltimosim bir faqat
Pishgunimcha qil toqat!
Yetilib pishib olay,
Tanangga quvvat bo’lay!
Xurmo haqida she’r.
Mening nomim xurmodir,
Demang ozroq xomroqdir.
Meni to’yib yesangiz,
Bo’qoq kasal bo’lmaysiz.
O’rik
Meni derlar qand o’rik,
Vitaminga liq to’liq,
Rangim sariq, zarg’aldoq,
Olxo’riga men o’rtoq.
Gullarim xushbo’y, ko’rkam
Siylagan meni ko’klam,
Pishgach asalga to’lay,
Yurakka quvvat bo’lay!
Pista bodom va mayiz.
Biz bodom,mayiz,pista
Bir chetdan oling asta
Bizdan to’lar dasturxon
Mehmonlar bo’lar shodon.
Tavsiya etamiz : Kuz haqida she’rlar
Olma
Men sizlarni olmangiz,
Xomligimda olmangiz!
Nortojiga o’xshab so’ng
Voy qornim! deb qolmangiz!
Bog’larga chiroymanda,
Vitaminga boymanda!
Pishganimda emasangiz,
Qolasizda armonda!
Gilos
Go’zal qizlar labidek
Yal-yal yonar yanog’im
Tabiatga ko’rk bergan
Har bir gulu-yaprog’im.
Olhuri.
Mevalarning eng zo’ri,
Bizni derlar olhuri,
Dardingiz olamiz,
Yurakka davomiz
NOK:
Mevam o’xshar olmaga,
Xa, biroz qarindoshmiz,
Ra’nodoshlar oilasining
Madaniylariga boshmiz
Nihollarim nozikroq,
Kech kiraman hosilga.
Lekin parvarish bo’lsa,
Dehqonni ko’ngli to’lsa
Sharbatlarga to’laman,
Rosa quvvat bo’laman!
Shaftoli.
Bizni derlar shaftoli,
Ta’mimiz shirin bolli,
Pishsak bo’lamiz xil-xil,
Ranglarimiz har-xil.
Uzum.
Bizni derlar uzum,
Aytay sizga chin so’zim,
Eng foydali qoqimimiz,
Ko’paytirar qoniz.
Behi
Mevalar durdonasi,
Bizlar uni onasi,
Behimiz xushbuy hidli,
Vitaminga boy totli.
Tavsiya etamiz : Boshqa she’rlar to’plami.







