Ustoz haqida sherlar to’plami

Ustoz haqida sherlar to'plami Sherlar to'plami

Ustoz haqida sherlar to’plami. Undan tashqari Ustozlar haqida 10 ta eng chiroyli faktlarni taqdim etamiz. Siz ham o’zingizga mavjud faktlarni bizning fikr bildirish joyida qoldirishingiz mumkin.

Ustoz haqida 10 ta fakt.

  • Ustoz bilim manbai hisoblanadi — u nafaqat darslikdagi ma’lumotlarni, balki hayotiy tajriba va donolikni ham ulashadi.

  • Sabr-toqatli insondir — har bir o‘quvchining o‘ziga xosligini tushunib, unga mos yondashishga harakat qiladi.

  • Doimiy o‘rganishda bo‘ladi — ustozlar ham zamonaviy bilimlarni o‘rganib, o‘z ustida ishlashda davom etadilar.

  • O‘quvchilar uchun ilhom manbai — ko‘pchilik o‘quvchilar ustozlardan ruhlanib, orzu va maqsadlarini aniqlaydi.

  • Tarbiyachi rolini ham bajaradi — faqat fan emas, balki insoniylik, axloq va madaniyatni ham o‘rgatadi.

  • Yordam berishga tayyor bo‘ladi — o‘quvchining qiyinchiliklarini sezib, uni yengishga ko‘maklashadi.

  • Adolatli bo‘lishga intiladi — o‘quvchilar orasida tenglikni saqlashga harakat qiladi.

  • Ijodkorlikni rivojlantiradi — faqat darslik bilan cheklanmay, ijodiy yondashuvlarni rag‘batlantiradi.

  • Jamiyat taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi — yaxshi ustozlar kelajak avlodni tayyorlaydi.

  • Qadr-qimmatli inson sifatida hurmat qilinadi — ko‘pchilik ustozlarni hayoti davomida eslab yuradi va minnatdor bo‘lib qoladi.

Ustoz haqida sherlar to’plami.

Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq
Kimdir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zotga xarf o’rgatgan kim?…
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Tuproqdek xokisor, bezovta jonlar,
Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,
Ammo Temurdayin Sohibqironlar
Pirim deb , etgain o’pgan bor.
Qaysar Jahongirda yo’l ko’rsatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrabni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogrdin o’ylab yotgan kim?…
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh —
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bеbaho tilsim —
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa —
Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

Tavsiya etamiz : Bolalar uchun she’rlar.

Aziz muallim.

Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.
Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.

Muallim – Ustoz haqida sherlar to’plami

Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.

Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.

Ma’noli she’r

Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.

Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.

Ustozim.

Ustozim bor mehribon,
Boshimizga soyabon.
O’zi juda talabchan,
Bo’lsin doim sog’-omon.

Ustozim yuzga kirsin,
Davru-davronlar sursin.
Hassaga suyanmasin,
Bizga suyanib yursin.

Tavsiya etamiz : Salomatlik haqida she’rlar.

She'rlar
Maqollar
Shaxsiy rivojlanish
Telegram