1-oktabr Ustoz va murabbiylar hamda muallimlarimiz haqida she’rlar. Va nihoyat siz 1-oktabr ustozlar kuni munosabati bilan yozilgan sherlarni o’qish uchun ushbu sahifaga tashrif buyurmoqdasiz. Ustozjonlar haqida yangicha she’rlarni taqdim etamiz.
Ustozlar haqida sherlar
Muallim haqida so‘zim ushbudir:
Muallim kamolot ichra ko‘zgudir.
O‘qidim Gerodot, tarixni ko‘p bor,
Forobiy, Danteni takror va takror.
Barini o‘qidim, lol qoldi aqlim,
Bariga ustozsan o‘zing, muallim.
Alisher qalbiga solgan sehr-fayz
Sensan,ey muallim, ustoz Abul-Lays.
Qutlug‘ xonadonda qutlug‘ kalom bu,
Hamid Olimjon bu, G‘afur G‘ulom bu.
Buyuk Temur sendan topgandir ta’lim,
Sen shundoq, aziz zot, aziz muallim.
Rost aytsam, o‘zingsan eng avval daho,
Sen hayot ganjida durri bebaho.
Ulug‘ ayyomingda she’riy kalom bu,
Shogirdlar nomidan qutlug‘ salom bu.
Abdulla Oripov – Oddiy muallim.
Qadri bilinadi endi menga goh,
Olis maktabimni, o‘sha behasham.
Navoiyku bizga ustozdir, biroq,
Kimdir o‘qitganku Navoiyni ham.
Shunday ulug‘ zotga harf o‘rgatgan kim?-
Oddiy muallimda, oddiy muallim.
Tuproqdek xokisor,bezovtv jonlar,
Ammo qanoatda tog‘dek ulug‘vor.
Hatto Temurdayin sohibqironlar,
Pirim,deb etagin tutgan zotlar bor.
Qaysar jahongirga yo‘l ko‘rsatgan kim?-
Oddiy muallimda,oddiy muallim.
Hikmat.
Jahonda bo‘lmasa muallim agar, Hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar.
Aziz muallim.
Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.
Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.
Tavsiya etamiz : Boshqa she’rlar ustozlar haqida
Muallim
Siz yozgan raqamdan ochilgan dunyo,
Siz oqitgan harfdan taralgan ziyo.
Ilm-u fanda buyuk kashfiyot bogan,
Siz daftarga qo‘ygan ilk a’lo baho.
Muallim!
0‘quvchining qalbi — oq daftar, tiniq,
Nimani yozsangtz, bir umr o‘chmas.
Qoyaga o‘yilgan suratdek aniq,
Shamol, qor va yomgir, bo‘ronda ko’chmas,
Muallim!
Sizga ilm-u sehr etilgan ato —
Mehringiz hech qachon bomaydi ado.
Siz tonggacha bedor tekshirgan daftar —
Imloda, hisobda tuzalgan xato.
Muallim!
Siz orgatgan kuydan yangragay navo,
Siz boyatgan rangdan koringay havo.
Olim odam bolgay tarbiyangizdan,
Olamning dardiga topilgay davo.
Muallim!
Chigal muammolar tug’dirar hayot,
Talim-tarbiyada yagona najot.
Qalam, qog‘oz kitob — ish qurolingiz,
Nurli kelajakni qilasiz ijod.
Oddiy muallim – Ustozlar haqida sherlar.
Меҳрингиз-ла очмиш ҳаёт кўзини,
Мадҳ зтмоққа шайдур бугун овозим.
Сизга ўхшатаман қуёш юзини,
Оддий муаллимим, азиз Устозим.
***
Қалби ззгуликка тўла, лиммо-лим,
Кўкка йўлладингиз – баланд парвозим.
Ҳамиша менга ёр Сиз берган таълим,
Отамдай улуғим – азиз Устозим.
***
Шеърият мулкига ошно этдингиз,
Китоблар қатига битилар розим.
Сиз-ки, борингизни фидо этдингиз,
Ҳар нафас ҳамдамим – азиз Устозим.
Tavsiya etamiz : Til haqida sherlar







