9 may xotira va qadrlash kuniga sherlar. 9-may Xotira kuni uchun atab yozilgan she’rlarni taqdim etamiz. Undan tashqari Xotira haqida ma’lumotlar ham joylashtiriladi. Ulardan foydalaning. Xotira va qadrlash kuniga sherlar yod oling. Bolalar uchun xotira haqida sherlar
-
Rasmiy nomi — O‘zbekistonda 9-may “Xotira va qadrlash kuni” deb ataladi.
-
Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq — bu sana Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini va halok bo‘lganlarni xotirlashga bag‘ishlangan.
-
1999-yildan nishonlanadi — O‘zbekistonda bu sana 1999-yilda rasmiy ravishda “Xotira va qadrlash kuni” deb belgilangan.
-
Mustaqil yurtga xos yondashuv — bu bayram umumiy g‘alabani emas, balki insoniy jasorat va fidokorlikni qadrlashga urg‘u beradi.
-
Xotira maydoniga tashrif — har yili 9-may kuni Toshkentdagi “Xotira maydoni”ga odamlar gullar qo‘yib, urush qurbonlarini yod etishadi.
-
Urush faxriylari e’zozlanadi — faxriylar bilan uchrashuvlar, tabriklar, ularga hurmat ko‘rsatish tadbirlari o‘tkaziladi.
-
Avlodlar orasida bog‘liqlikni mustahkamlaydi — yoshlarga tarixiy xotira, tinchlik qadri haqida tushuntirish ishlari olib boriladi.
-
Bayram tadbirlari butun respublikada o‘tkaziladi — maktablar, mahallalar va davlat tashkilotlarida turli xotira tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
-
Motamsaro va faxrli kun — bu sana quvonch emas, balki hurmat, minnatdorlik va xotira kayfiyati bilan o‘tadi.
-
Tinchlikni qadrlashga o‘rgatadi — bu bayram nafaqat o‘tmishni eslash, balki tinchlik, do‘stlik va hamjihatlikni asrab-avaylash zarurligini eslatadi.
9 may xotira va qadrlash kuniga sherlar.
Qadr bog‘iga,
Tashlaymiz qadam.
Ajdodlar ruhi,
Xotirlab har dam.
Xotira ~ aziz,
Qadrlash mangu.
Bizlar yosh avlod,
Ahdimiz ezgu.
O‘tganlar yodin,
Dildan qo‘ymaymiz.
Metin sabotin,
Tildan qo‘ymaymiz.
Xotira ~ aziz,
Qadrlash mangu.
Bizlar yosh avlod,
Ahdimiz ezgu!
Bobolar ruhi,
Bo‘lsin doim shod,
Ulardan meros,
Yurt doim obod!
Xotira ~ aziz,
Qadrlash mangu.
Bizlar yosh avlod,
Ahdimiz ezgu!
Tavsiya etamiz : Boshqa she’rlar
Xotira bor ekan.
Xotira bor ekan, tirikdir millat,
Tirikdir iftixor, tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.
Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi,
Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.
Sukunat.
Beva hovlisiga tun oldin kirar,
Quyuqlashib borar dilda xotira.
Devorda, suratda: bir yigit kular,
Yonida jilmayar bir qiz bokira.
Ochiq derazadan termular g‘amgin.
Xona burchagida g‘amdan entikib,
Eski plastinka g‘ijillar tag‘in.
Oqshomlari qiyin bo‘lar bevaga:
Xotiralar dilga kirar quralash.
Og‘ir bo‘lsa hamki, tasvir bo‘lsa ham,
Suratga jilmayar ko‘z yosh aralash.
Xotira haqida uzun she’r.
Serzarda zamonlar o‘tdilar qator,
O‘tdilar yillaru oylar rang-barang.
Moziydan bugunga yetmasdi ovoz,
Bo‘lmaganda ,xalqim,sening xotirang.
Sen o‘zing naqsh etding hayot qissasin,
Sen o‘zing so‘ng uni aylading bayon.
Olis bobolarning bosgan har izin
O‘zing avlodlarga etding namoyon.
Dillardan zulmatni quvay deb yongan
Navoiy qalamin yoritgan chiroq,
Hazrat Sohibqiron tuzuklaridan
Ko‘chib,fikrlarni yoritgan chaqmoq,
Ona To‘marisning shonli qismati,
Jaloliddin tig‘i taratgan jarang,
Bizning yurakkacha, balki, yetmasdi,
Bo‘lmaganda,xalqim,sening xotirang.
Imom Buxoriyning shaffof imoni,
Ulug‘bek fikrida balqigan yulduz,
Mahmud Torobiyning muqaddas qoni
Sening xotirangda saqlanar hanuz.
Shu bois nomingni yo‘q etay deya
Yovlaring xotirang buzmoqchi bo‘ldi,
Yolg‘onu tuhmatlar, uydirma ila
Tarixing qaytadan tuzmoqchi bo‘ldi.
Seni johil dedi,savodsiz dedi,
Aldamoqchi bo‘lib butun dunyoni.
Dunyo bilar edi — unga sen berding
Buyuk Xorazmi-yu ulug‘ Sinoni.
Istiqlol bayrog‘i yuksaldi baland,
Yana nasib bo‘ldi ozod istiqbol,
Uch ming yillik ko‘hna tarixingni ham
Bag‘ringga qaytardi shonli istiqlol.
Istiqlol qadimiy o‘zbek nomini
Qaytadan kashf etdi ahli jahonga.
Qadrlab har mudom o‘zbek shonini,
Dunyoni qaratdi O‘zbekistonga.
Dilda Xotirani imondek saqlang,
Dilda bo‘lsin ota- onaning yodi.
Chechakday ko‘karsin qalblar bog‘ida
Olis ajdodlarning so‘ngan hayoti.
Unutmang,yashamay yigit yoshini,
Bo‘sa mazasini bilolmay hatto,
Necha erlar yerga qo‘ydi boshini
Jonini yurtiga qilgancha fido.
Tavsiya etamiz : Bolalar uchun sherlar
Ularning yodini e’zozlab yashang,
Safda yurganlarni qadrlang mudom.
Xotira maydonin lavhalarida
Bitilsin har bitta unitilgan nom.
Motamsaro Ona qoshiga boring,
Yashirmay ko‘zlardan oqqan yoshingiz.
Shahidlar yodini eslab,bir lahza
Oyog‘i ostiga qo‘ying boshingiz.
Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.
Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi
Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.
To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga,har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli!
Zamonlar o‘tajak quyun singari,
Necha yulduz so‘nib,tamom yitajak.
Sening yoding borki,yorug‘ kunlarga
Bizning ko‘zlar ila boqar kelajak.
Ishonaman, o‘sha olis ertada —
Fasli novbahorning mas’um pallasi
Xotira bog‘iga kelib bosh egar
Olis kelajakning erka bolasi.
Uning ko‘zlarida yongan shuurda
Navoiy hikmatin nuri ko‘ringay,
Uning yuragida jo‘shgan g‘ururda
Bobolar yuragin qo‘ri ko‘ringay!







