25 may xayr maktab sherlar. Maktab bitiruvchilar uchun 25-may sherlar to’plami. Xayr maktabim she’ri.
25 may xayr maktab sherlar
Yuragimda bu kun cheksiz ehtirom,
Yuragimdan chiqar dil izxorlarim.
Opalarim akalarim ketishar bu kun,
Chunki chalinmoqda so’ngi qo’ng’iroq
Xayr maktab, xayr sinfdoshlarim.
Xayr maktabim she’ri.
Bahorning so’nggi kunlari,
Tugar bolalik chog’lari.
Jaranglaydi so’nggi qo’ng’iroq,
Xayr maktabim,
Xayr do’stlarim, sho’xligim.
[Setanho (Setora) guruhi]
Afsus, afsus endigina
Qadringga men yetganimda,
Men bag’ringdan uchib ketaman,
Yangi hayotga
Oq yo’l tilaysan sen bizga.
Xayr maktabim, xayr sho’xligim,
Birinchi sevgim xayr, xayr do’stlarim. (x2)
[Ravshan Sobirov]
Ishonmasdim necha yillar
Qalbimdagi tuyg’ularga,
Faqat bugun men shuni bildim,
Qanchalik jonim,
Sen kerakliging menga.
[Setanho (Setora) guruhi]
Yodimda sen yozgan maktub,
Beg’ubor sevgi izhori.
Qaytgim kelar o’sha kunlarga,
Bolaligimga,
Sen bilan birga maktabga.
Xayr maktabim, xayr sho’xligim,
Birinchi sevgim xayr, xayr do’stlarim. (x4)
Xayr maktabim…
Tavsiya etamiz : O’qituvchilar uchun she’rlar
Sinfdosh do’stim.
Ko‘zlarimiz kuladi, ko‘ngil yig‘laydi.
Tillarimiz xayr deb, dil ketma deydi,
Sog‘inamiz maktabim, issiq bag‘ringni.
Ey sinfdosh do‘stlarim, ketgim kelmaydi.
Qaldirg‘ochga o‘xshabon, ucharmiz bizlar,
Dillarda sog‘inch bilan, ketarmiz do‘stlar.
Ko‘zlarimiz yo‘lingda, sog‘inar seni,
Ey sinfdosh do‘stlarim, ayrildik endi.
Chalinmay tur so’nggi qo’ng’iroq
Tóxtab qolsin soat millari,
Chalinmasin sónggi qo’ng’iroq.
Ortda qolar shóxlik yillari,
Chalinmagin so’nggi qóng’iroq.
Nahot boshqa,boshqa yólimiz,
Xomush tortib yig’lar dilimiz.
Ketar chog’i ortda kózimiz,
Chalinmagin sónggi qóng’iroq.
Sizni unutmaymiz birinchi Ustoz!
Birinchi qadamim esimda-ku oz.
Sizni qadrlaymiz sizgadir e’zoz,
Chalinmagin so’nggi qóng’iroq.
Sho’xliklar qilardim hammadan ko’proq,
Haliyam qumsaydi yuragim mushtoq.
Xuddi tushdek ótgan damlarim,
Chalinmagin so’nggi qo’ng’iroq.
Bir oiladek jambuljam edik,
Yillar ótdi tarqadik ketdik.
Endi mehr qadriga yetdik,
Chalinmagin so’nggi qóng’iroq.
Sog’indim sinifdosh sirdoshlarimni,
Kòzlari chaqnagan dildoshlarimni.
Jim turib eslayman xotiralarni,
Chalinmagin so’nggi qóng’iroq.
Yangi hayot yangi yòllarga,
Qadam qòydik boshqa yóllarga.
Yoshlik xotirasi Shamshod Safarga!
Chalinmagin sónggi qóng’iroq.
Chalinmay tur so’nggi qo’ng’iroq.
Tavsiya etamiz : O’qituvchilar uchun she’rlar







