1-iyun xalqaro bolalar kuniga atab sherlar

1-iyun xalqaro bolalar kuniga atab sherlar Sherlar to'plami

1-iyun xalqaro bolalar kuniga atab sherlar. Bolalar uchun sherlar to’plami.

Men tushimda kemani ko’rdim.

Men tushimda kemani ko’rdim,
Oq yelkanli mitti kemani.
Qanday go’zal kema edi u!
Ko’zlarimdan qalqidi yoshim.

Shamol yeldi, gurladi to’lqin,
Ko’rdim — cho’kar u mitti kema,
Cho’kar edi dengiz tubiga —
Ushlab qola olmadi tushim,
O, men endi ne qilay?

Sovoq bola.

Shahzoda chigirtka yashirgan
ovozin izlaydi bolakay
Shudringli gultojlar
oralab ovozin izlaydi bolakay.

— Ovozim topsaydim, g’aroyib
uzukcha yasardim o’zimga.
Yashirib qo’yardim jimlikni
uzukning munchoqdek ko’ziga.

Shudringli gultojlar oralab
ovozin izlaydi bolakay.
Yashil chigirtkaning ichidan
ovozi yangrardi olisdan.

Tavsiya etamiz : Bolalar uchun qisqa she’rlar

Manzara.

Oqshom kiydi adashib
ayozning ko’ylagini.
Bolalar darchalardan
sarg’aygan yolg’iz daraxt
qushlarga qo’nayotgan
dalaga qarar karaxt.
Oqshom olis daryoning
qirgogida cho’zildi.
Birdan sopol tomlarda
yashnab ketdi qizillik.

Bolalarga bering dunyoni.

Bilmoq uchun olamnig sirin,
Qalb ko‘zi-la ko‘ring dunyoni,
Jondan aziz ,beg‘ubor shirin,
Bolalarga bering dunyoni.

Ular uchun bo‘ling tulpor ot,
Quvonchlarda chiqarsin qanot,
Ertaklarga aylansin xayot,
Bolalarga bering dunyoni.

Jajji bo‘lib zavqqa to‘lgansiz,
Xandon otib shodon kulgansiz,
Bir kun siz ham bola bo‘lgansiz,
Bolalarga bering dunyoni.

Iqbolini baxtin ko‘ring siz,
Kamolini taxtin ko‘ring siz,
Shirin tushdek o‘tsin umringiz,
Bolalarga bering dunyoni.

Dunyo o‘zi yaralgan bir kam,
Jajji qalbin ezmasin hech g‘am,
Bolalarni asrasin egam,
Bolalarga bering dunyoni.

Tavsiya etamiz : Boshqa she’rlar to’plami.

1-iyun xalqaro bolalar kuniga atab sherlar

She'rlar
Maqollar
Shaxsiy rivojlanish
Telegram