University of Management and Future Technologies yo’nalishlari va kontrakt narxlari. Batafsil ma’lumotlar to’plami.
Universitet haqida ma’lumotlar.
Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti 2022-yilda tashkil topgan bo‘lib, IT muhandislik, iqtisodiyot va biznes boshqaruvi, ta’lim va pedagogika sohalarida kadrlar tayyorlovchi nodavlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universite tegishli litsenziya asosida faoliyat yuritadi. Universitet bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan Respublika bo’ylab to’liq tan olinadigan diplom beriladi.
Bizning universitet sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi.
– QO‘SHMA VA XALQARO DIPLOM
– GRANTLAR
– XALQARO SERTIFIKATLAR
– KIBERSPORT
– TALABALAR ALMASHINUVI (Germaniya, Latviya, Janubiy Koreya)
Buyuk Britaniyaning ACCA tashkiloti tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan. ACCA tomonidan beriladigan xalqaro diplom va 7 ta sertifikat berish huquqiga ega.
Koreyaning Uzoq Sharq universiteti bilan hamokorlikda qo‘shma diplom berish huquqiga ega.
Bakalavriat va magistratura bosqichlarida jami 15 ta mutaxassislik mavjud.
Bakalavriatda kunduzgi ta’lim 4 yillik, sirtqi ta’lim 5 yillik.
Magistraturada ta’lim kunduzgi shaklda 2 yillik.
University of Management and Future Technologies yo’nalishlari.
- Dasturiy injiniring – 14 100 000 so‘m
- Infokommunikatsiya injiniringi – 14 100 000 so‘m
- Kompyuter injiniring – 14 100 000 so‘m
- Axborot xavfsizligi – 14 100 000 so‘m
- Multimedia texnologiyalari – 14 100 000 so‘m
- Sun’iy Intellekt (2+2) Far East University (FEU, Janubiy Koreya) – 32 000 000 so‘m
- Iqtisodiyot – 14 100 000 so‘m
- Moliya va moliyaviy texnologiyalar – 14 100 000 so‘m
- Menejment – 14 100 000 so‘m
- Logistika – 14 100 000 so‘m
- Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili – 18 000 000 so‘m
- Pedagogika – 12 000 000 so‘m
- Psixologiya – 12 000 000 so‘m
Boshqa OTMlar haqida ma’lumotlar.
Bog’lanish uchun raqamlar va manzillar.
- Toshkent sh. Diydor ko`chasi. 71
University of Management and Future Technologies yo’nalishlar va kontrakt narxlari mentalaba.uz suyti yordamida shakllantirildi.







