Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti yo’nalishlari va kontrakt narxlari. Ushbu maqolada ham Toshkentda joylashgan univertsitetlardan birini e’tiboringizga havola etamiz.
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti.
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti 2022-yil 7-yanvar kuni tashkil etilgan bo‘lib, jahon ta’lim standartlariga mos keluvchi zamonaviy o‘quv dasturlari, laboratoriyalar va yuqori malakali o’qituvchilarni o’z ichiga mujassam etgan oliy ta’lim dargohidir. UDEAda “Moliya”, “Bank ishi”, “Biznesni boshqarish”, “Menejment” va “Marketing” kabi ixtisoslashtirilgan bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlari mavjud.
UDEA qisqa vaqt ichida AQShning Amerika Universiteti, Italiyaning Polimi Oliy menejment maktabi, Buyuk Britaniyaning London Qirollik Kolleji kabi 10 dan ortiq dunyoning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga erishdi.
Bizning vazifa – Oʻzbekiston yoshlariga jahon andozalari darajasida bilim olish, xalqaro miqyosda tan olingan ilmiy izlanishlar olib borish va mas’uliyatli fuqaro boʻlish imkoniyatini yaratish.
Bizning maqsad – Oʻzbekiston yoshlari uchun dunyo miqyosida e’tirof etiladigan ta’lim olish va tadqiqotlar o‘tkazish imkonini yaratish.
Kirish talablari:
Bakalavriat uchun:
- O‘rta maxsus ta’limni bitirganlikni tasdiqlochi hujjat(agar bitiruvchi bosqichda bo’lsa, hozirda ta’lim olayotganligi haqida ma’lumotnoma);
- Kirish ballari: 40+ ball;
- Imtihon shakli: Oflayn;
- Imtihon turi: Test;
- Kirish imtihonlari: matematika, mantiq, ingliz tili.
Imtihonsiz kirish imkoniyatlari:
- So‘nggi 2 yildagi bitiruvchi attestat (yoki diplomi)dagi baholari orqali 4,5+;
- DTM orqali: 70+ ball;
- SAT 900+.
Magistratura uchun:
- Bakalavr diplomiga ega bo‘lishi lozim
- Kirish ballari: 40+ ball;
- Imtihon shakli: Oflayn;
- Imtihon turi: Suhbat.
Imtihonsiz kirish imkoniyatlari:
- GMAT 500+.
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetining ta’lim yo’nalishlari va kontrakt narxlari ro’yxati:
-
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
- Ta’lim tili: O’zbek tili
- Ta’lim shakli: Kunduzgi / Sirtqi
- Kontrakt to’lovi: 19 400 000 so’mdan boshlab
- Talablar: Kirish imtihonlari uchun berilgan fanlardan imtihon topshirib o’tish ballarini to’plash
-
Menejment
- Ta’lim tili: O’zbek tili
- Ta’lim shakli: Kunduzgi / Sirtqi
- Kontrakt to’lovi: 17 800 000 so’mdan boshlab
- Talablar: Kirish imtihonlari uchun berilgan fanlardan imtihon topshirib o’tish ballarini to’plash
-
Biznesni boshqarish
- Ta’lim tili: O’zbek tili
- Ta’lim shakli: Kunduzgi / Sirtqi
- Kontrakt to’lovi: 19 400 000 so’mdan boshlab
- Talablar: Kirish imtihonlari uchun berilgan fanlardan imtihon topshirib o’tish ballarini to’plash
-
Buxgalteriya hisobi
- Ta’lim tili: O’zbek tili
- Ta’lim shakli: Kunduzgi / Sirtqi
- Kontrakt to’lovi: 17 800 000 so’mdan boshlab
- Talablar: Kirish imtihonlari uchun berilgan fanlardan imtihon topshirib o’tish ballarini to’plash
-
Bank ishi

Marketing
- Ta’lim tili: O’zbek tili
- Ta’lim shakli: Kunduzgi / Sirtqi
- Kontrakt to’lovi: 17 800 000 so’mdan boshlab
Ushbu ma’lumotlar mentalaba.uz va boshqa saytlardan foydalanib tayyorlandi.