Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti ta’lim yo’nalishlari hamda kontrakt narxlari.
Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti haqida.
Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutiga 2022-yilda asos solingan bo‘lib Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti xususiy ta’lim xizmatlarini taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 056369 raqamli litsenziya bilan litsenziyalangan, qisqa muddatlarda mamlakatimizning oliy ta’lim sohasida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Ushbu yillar davomida, institutimiz ta’lim jarayonlariga mamlakatimizning ijtimoiy va siyosiy yo‘nalishlaridagi nufuzli professor va o‘qituvchilarni jalb qilish orqali o‘zining akademik va ilmiy salohiyatini namoyon etdi. Biz bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha keng qamrovdagi ta’lim dasturlarini taklif etamiz. Har dastur nazariy va amaliy ta’limning uyg‘unligi bilan ajralib turadi.
Kimlar o‘qishga hujjat topshirishi mumkin?
Bakalavriat bosqichi uchun:
- Umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim) ma’lumotini olgan shaxslar
- O‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim) ma’lumotini olgan shaxslar
- Boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar tavsiya etiladi.
Magistratura bosqichi uchun:
- Bakalavrning turdosh ta’lim yo‘nalishlarini tamomlagan shaxslar tavsiya etiladi.
Kirish imtihonlari va talablari:
Til va adabiyot – 10ta savol
Mantiqiy savol – 10 ta savol
Informadika – 10 ta savol
Hamma yo’nalish uchun : 50 ball o’tish balli etib belgilangan.
Intellektual qobiliyatingiz darajasini aniqlash uchun onlayn imtihon topshiring , Imtihondan o‘tib, bizning institutda o‘qish imkoniga ega bo‘ling.
Ta’lim yo’nalishlari hamda kontrakt narxlari.
- Matematika va informatika – 17 000 000 so‘m
- Tarix – 13 000 000 so‘m
- Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili – 15 000 000 so‘m
- Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili – 15 000 000 so‘m
- Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili – 15 000 000 so‘m
- Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili – 15 000 000 so‘m
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – 13 000 000 so‘m
- Xalqaro munosabatlar – 13 000 000 so‘m
- Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) – 13 000 000 so‘m
- Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) – 13 000 000 so‘m
- Bank ishi va auditi – 13 000 000 so‘m
- Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – 13 000 000 so‘m
- Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish – 13 000 000 so‘m
- Kompyuter injiniringi – 13 000 000 so‘m
Bog’lanish uchun telefon raqamlar.
- isfi.uz
- info@isfi.uz
- Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Shivli 2-tor ko‘chasi, 1,3 uy
Boshqa OTMlar haqida ma’lumotlar.







