EMU universiteti yo’nalishlari kontrakt narxlari haqida ma’lumotlar.
Universitet haqida.
XXI asrda turli xil sanoat tarmoqlarining rivojlanishi, shu jumladan, tibbiyotning jadal ravishda rivojlanayotganligi, yangi turdagi tibbiyot uskunalarning yaratilayotganligi va eski turdagilarining yangilanishi kasalliklarni davolash va tashxislash usullarini takomillashtirmoqda.
Yurtimizning strategik sektori sifatida tibbiyot va tibbiy ta’limni jadal rivojlantirish uchun, shuningdek, bu sohada etakchi xablar katorida bo‘lishga da’vo qilayotgan O‘zbekiston Respublikasining tibbiy ta’limi, fan va amaliyotining salohiyatini yuksaltirish uchun xalqaro talablarga javob bera oladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash zarur.
Yuqorida keltirilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2020 yil 23 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim to‘g‘risidagi Qonun, shuningdek, 2022 yil 13 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan berilgan №038700 litsenziya asosida xususiy tibbiyot universiteti tashkil etildi. U xalqaro standartlarga javob beradigan amaliyot bilan yaqin integratsiyada tashkil etilgan ta’lim jarayoniga, o‘zining rivojlangan infratuzilmasiga va shaxsiy zamonaviy klinik bazasiga ega.
Universitetning asosiy vazifalari etib:
– yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxasislarni keng miqyosda jalb etgan holda tibbiyot va tibbiy ta’lim sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash; yurtimizning tibbiy tashkilotlari uchun keng miqyosda tayyorlov, qayta tayyorlov va malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
– yosh avlod uchun zamonaviy, sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish va kengaytirish; professor – o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar uchun esa global ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun zamonaviy platforma yaratish;
– dunyoning etakchi tibbiyot oliygohlari bilan ko‘p qirrali ta’lim va ilmiy – tadqiqot hamkorliklarni tashkil etish belgilangan.
Kontrakt narxlari va yo’nalishlari.
- Stomatologiya – 54 900 000 so‘m
- Farmatsiya – 36 750 000 so‘m
- Davolash ishi – 54 900 000 so‘m
- Pediatriya – 36 750 000 so‘m
- Oliy hamshiralik – 19 000 000 so‘m
- Fundamental tibbiyot – 19 000 000 so‘m
- Tibbiy profilaktika ishi – 19 000 000 so‘m
- Biologiya – 10 890 000 so‘m
- Kimyo – 11 890 000 so‘m
- Kosmetologiya – 39 900 000 so‘m
- Dizayn: interyerni loyihalash – 24 900 000 so‘m
- Marketing – 20 900 000 so‘m
- Biznesni boshqarish – 11 890 000 so‘m
- Filologiya va lingvistika – 14 900 000 so‘m
- Moliya va moliyaviy texnologiyalar – 10 890 000 so‘m
- Soliqlar va soliqqa tortish – 10 890 000 so‘m
- Bank ishi – 10 890 000 so‘m
- Buxgalteriya hisobi – 17 900 000 so‘m
- Iqtisodiyot (sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha) – 17 900 000 so‘m
- Menejment – 20 900 000 so‘m
- Psixologiya – 10 890 000 so‘m
Boshqa OTMlar ro’yxati.







