Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti yo’nalishlari va kontrakt narxlari. Ushbu oliy ta’lim universitetning fakultetlari, kontrakt narxlari haqida to’liq ma’lumot beramiz.
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti haqida.
Universitet haqida : Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti 2022-yilda tashkil topgan va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan №216331-sonli litsenziya asosida faoliyat yuritadi. Universitet qisqa vaqt ichida dunyoning nufuzli xalqaro reytinglaridan joy oldi. Bular; RUR (Round University Ranking); UI Greenmetric World Universities Rankings; WAITRO. Ahamiyatlisi, Universitet O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim muassasalari ichida ushbu reytinglardan joy olgan 1-universitet hisoblanadi. Universitetning bosh missiyasi – Liderlar va raqobatda ustun kadrlarni tayyorlash. Universitetda 200 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi va ularning 52% PhD va DSc (fan doktori) laridan iborat. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekistonda yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biridir. Hozirgi kunda universitetda 10 000 dan ortiq talaba tahsil oladi. Ta’lim yo‘nalishlari soni 18 tani tashkil qiladi. Universitetda bakalavr va magistratura uchun qabul qilinadi va kunduzgi hamda sirtqi ta’limda o‘qish imkoni mavjud.
Qabul kvotasi : 2024 – 2025 – yil qabul uchun 3000 ta
Ta’lim yo’nalishlari hamda kontrakt narxlari.
- Tarix – 11 000 000 so‘mdan boshlab
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – 12 000 000 so‘mdan boshlab
- Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari bo‘yicha) – 12 000 000 so‘mdan boshlab
- Matematika – 11 000 000 so‘mdan boshlab
- Axborot tizimlari va texnologiyalari – 11 000 000 so‘mdan boshlab
- Arxitektura (turlari bo‘yicha) – 12 000 000 so‘mdan boshlab
- Buxgalteriya hisobi – 12 000 000 so‘mdan boshlab
- Pedagogika – 10 000 000 so‘mdan boshlab
- Moliya va moliyaviy texnologiyalar – 10 000 000 so‘mdan boshlab
- Bank ishi va auditi – 12 000 000 so‘mdan boshlab
- Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – 10 000 000 so‘mdan boshlab
- Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha) – 12 000 000 so‘mdan boshlab
- Turizm va mehmondo‘stlik – 10 000 000 so‘mdan boshlab (Grant mavjud)
- Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha) – 15 000 000 so‘mdan boshlab
- (B.A.) Koreys filologiyasi – 15 000 000 so‘mdan boshlab
- O‘zbek tili va adabiyoti – 15 000 000 so‘mdan boshlab
- Jismoniy madaniyat – 10 000 000 so‘mdan boshlab
- Xalqaro munosabatlar – 11 000 000 so‘mdan boshlab
- UOS (Hons) Buxgalteriya hisobi va moliya – 10 000 000 so‘mdan boshlab
- Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv kontrakt narxlari
Telefon raqami va manzillari.
- +998 71 202 9229
- tift.uz
- info@tift.uz
- Toshkent shahar, Amir Temur shoh ko’chasi 15-uy
Boshqa OTM lar to’grisida ma’lumotlar.
Ma’lumotlar mentalaba.uz saytidan shakllantirildi.







