Toshkent Kimyo xalqaro universiteti fakultet va kontrakt narxlari.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (TKXU) ilk bor Toshkent shahridagi Yеodju texnika instituti nomi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 24-iyuldagi №OT 0002 (033297) davlat litsenziyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-dekabrdagi №1007 qarori asosida mamlakatdagi birinchi xususiy oliy taʼlim muassasasi sifatida tashkil etilgan.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
1. Diplom Oʻzbekistonda tan olinadimi?
Toshkent shahridagi Yodju Texnika instituti taʼlim xizmatini koʻrsatish uchun barcha litsenziyalarga ega va Oʻzbekiston hududida diplom toʻlaqonli tan olinadi. Institut Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.12.2019 dagi 1007 — son qaroriga asosan ish faoliyatini yuritadi, ushbu qaror bilan Lex.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin. Shuningdek, 2022-yil Oʻzbekistonning nodavlat oliy oʻquv yurtlari orasida Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti birinchilardan boʻlib KAZSEE va IQAA agentliklarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi sertifikatlariga ega boʻldi.
2. Roʻyxatdan oʻtish va imtihon topshirish uchun toʻlov qilinadimi?
Roʻyxatdan oʻtish va imtihon topshirish uchun hech qanday toʻlov qilinmaydi.
3. Shartnoma toʻlovini boʻlib toʻlash imkoni bormi?
Imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtilgandan soʻng shartnoma toʻlovining 50% qismini avval toʻlash zarur boʻladi, qolgan qismini esa birinchi yarim yillik yakunigacha toʻlov qilish imkoni mavjud.
4. Institutda oʻquv dasturi qanday?
Oʻquv dasturi asosiy ish beruvchilar talablarini inobatga olgan holda, xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan.
5. Oʻquv jarayoni kredit-modul tizimiga asoslanganmi?
Ha, bu oʻz navbatida talabalarga Yevropa va Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlarida ikki tomonlama diplom olish, almashinuv taʼlimi dasturlari boʻyicha turli xil qoʻshma xalqaro loyihalarida ishtirok etish imkonini beradi.
6. Qaysi xorijiy oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik mavjud?
Janubiy Koreyaning Hanyang University, Chung Cheong University, Gachon University, Chosun University, Jeonju University, Namseoul University, Belgiyaning United Business Institutes, Bolgariyaning Varna Management University, Turkiyaning Yildiz Technical University va Buyuk Britaniyaning University of Strathclyde bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
7. Pedagogik va maʼrifiy faoliyatni kimlar olib boradi?
Faoliyat AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Malayziya kabi xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlari bitiruvchilari boʻlgan xalqaro va mahalliy professor-oʻqituvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
8. Taʼlim granti mavjudmi?
Har yangi oʻquv yili boshida institutda tahsil olayotgan (ikkinchi kursdan) iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun taʼsischilar tomonidan taʼlim granti ajratiladi.
Fakultetlari va kontrak narxlari. Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
- Moliya – 18 000 000 so‘m
- Maktabgacha ta’lim – 12 000 000 so‘m
- Boshlang‘ich ta’lim – 12 000 000 so‘m
- Koreys filologiyasi – 19 900 000 so‘m
- English education – 20 000 000 so‘m
- Tarix – 12 000 000 so‘m
- Maxsus pedagogika – 12 000 000 so‘m
- Tarjimashunoslik (xitoy, ingliz tili) – 20 000 000 so‘m
- Turizm – 16 000 000 so‘m
- Biznesni boshqarish – 18 000 000 so‘m
- Xalqaro iqtisodiy munosabatlar – 18 000 000 so‘m
- Xalqaro marketing – 18 000 000 so‘m
- Buxgalteriya – 18 000 000 so‘m
- Bank ishi – 18 000 000 so‘m
- Arxitektura va shaharsozlik – 16 000 000 so‘m
- Qurilish – 16 000 000 so‘m
- Muqobil energiya – 9 900 000 so‘m
- Kosmik texnologiyalar – 22 000 000 so‘m
- Lift muhandisligi – 9 900 000 so‘m
- Axborot tizimlari muhandisligi – 16 000 000 so‘m
- Elektrotexnika – 9 900 000 so‘m
- Mexatronika – 9 900 000 so‘m
- Mashinasozlik texnologiyasi – 9 900 000 so‘m
- Yo‘l harakatini boshqarish – 13 900 000 so‘m
- Chiroy estetikasi – 22 000 000 so‘m
- Liboslar dizayni – 20 000 000 so‘m
- Rangtasvir – 18 000 000 so‘m
- Davolash ishi – 29 900 000 so‘m
- Stomatologiya – 29 900 000 so‘m
Boshqa OTMlar







