Samarqand xalqaro texnologiya universiteti fakultetlari va kontrakt narxlari. O‘zbekistonni jahon iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli integratsiya qilish uchun o‘zida ilg‘or muhandislik bilimlari mavjud bo‘lgan, ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega, innovatsion texnologiyalarni yaratish va joriy etish ko‘nikmalarini egallagan malakali yangi mutaxassislar tayyorlash zarurati mavjud. Ushbu murakkab vazifani bajarish uchun asosiy shart – bu yangi texnik ta’lim standartlari asosida muhandis kadrlarini tayyorlashning amaldagi tizimini tubdan qayta tashkil etishdan iboratdir.
Saralangan o‘qituvchilar jamoasi Universitetning pedagog kadrlari jamoasini Amerika, Yevropa, Osiyo, Avstraliya va Janubiy Afrika Respublikasi yetakchi ta’lim va ilmiy-texnik markazlarida faoliyat olib boruvchi xorijiy o‘qituvchilar, mutaxassislar va trenerlar tashkil qiladi. Jahon standartlari asosida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarda ta’lim va ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash imkoniyati mavjud. O‘zbekiston va xorijdagi kasbiy karyerasida muhim o‘rin egallovchi “Double degree” va Double diploma” turidagi nufuzli diplomlarni qo‘lga kiritish.
Yuqorida zikr etilganlarning barchasi xorijiy tilda ravon so‘zlasha oluvchi, zamonaviy va ilg‘or xorijiy bilim va dunyoqarashga ega yuqori malakali bakalavrlar, magistrlar va doktorantlarni tayyorlash uchun eng qulay sharoitlarni yaratadi. Samarqand xalqaro texnologiya universitetining asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligidagi eng muhim iqtisodiy va ilmiy-texnologik vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan xalqaro ta’lim standartlari darajasida yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni tayyorlashdir. Universitetning barcha xodimlari va talabalariga o‘z funksional majburiyatlarini bajarishlari uchun talab qilinadigan yuksak qadriyatlar – bular: Or-nomus, Hurfikrlilik va Gumanizm.
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti yo‘nalishlari va kontrakt narxlari:
- Geologiya (faoliyat sohasi bo‘yicha) – 45 773 560 so‘m
- Konchilik ishi – 45 773 560 so‘m
- Kimyo muhandisligi – 45 773 560 so‘m
- Neft-gaz muhandisligi – 45 773 560 so‘m
- Axborot texnologiyalar – 45 773 560 so‘m
- Tadbirkorlik va menejment – 45 773 560 so‘m
- Xalqaro logistika – 45 773 560 so‘m
- Issiqlik energetikasi – 45 773 560 so‘m
- Yashil texnologiyalar – 45 773 560 so‘m
- Dizayn – 45 773 560 so‘m
- Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – 45 773 560 so‘m
Bog’lanish uchun raqamlar.
- O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi 270-uy.
Boshqa OTM lar ro’yxati.







