Navoiy innovatsiyalar universiteti fakultetlari kontrakt narxlari.
Mazkur Oliy ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2022-yil 6-avgust kuni berilgan №047758 sonli Litsenziya asosida oliy ta’lim xizmatlari ko‘rsatadi. Ta’lim jarayoni to‘liq davlat ta’lim standartlarida olib borilganligini inobatga olgan xolda Navoiy innovatsiyalar universiteti bitiruvchilari davlat OTMlari diplomi maqomida hisoblanadi. O‘z bilim darajasini va karyerlarini keyingi bosqichga ko‘tarishga intilayotgan har qanday yoshdagi talabalar uchun mo‘ljallangan zamonaviy oliy ta’lim muassasasidir. xalqaro tajribaga ega professional pedagoglar yordamida sifatli ta’lim olish kafolatlangan. Biz bilan nafaqat bilim va tajribalaringizni oshirasiz, balki xorijiy tillarni mukammal o‘rganish va kasb-hunar egallash imkoniyatiga ham ega bo‘lasiz. Universitetimizda 13 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlanadi va jahon ta’lim standartlariga mos o‘quv dasturlari asosida saboq olgan talabalarimiz kelajagi biz bilan kafolatlanadi. Bundan tashqari universitetning faol talabalari uchun 6 milliongacha stipendiya ham mavjud.
Qabul kvotasi :
Universiteting qabul kvotasi har yili har xil bo’lishi mumkin
Grantlar :
Universitet tomonidan umumiy qiymati 2millard so’mlik grant e’lon qilingan bo’lib, qabul qilingan talabalar o’rtasida ichki imtihonlardan yuqori olganlarga beriladi.
Navoiy innovatsiyalar universiteti fakultetlari kontrakt narxlari Kirish ballar :
Universitetning o’tish ballari ichki imtihonlarda aniqlanadi va har yili har xil bo’lish mumkin.
Yo’nalishlar va kontrakt narxlari.
- Maktabgacha ta’lim – 13 000 000 so‘m
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – 13 000 000 so‘m
- Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – 13 000 000 so‘m
- Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili – 13 000 000 so‘m
- Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili – 13 000 000 so‘m
- Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili – 13 000 000 so‘m
- Pedagogika va psixologiya – 11 000 000 so‘m
- Boshlang‘ich ta’lim – 11 000 000 so‘m
- Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yicha) – 13 000 000 so‘m
- Biologiya – 14 000 000 so‘m
- Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) – 13 000 000 so‘m
- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha) – 13 000 000 so‘m
- Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) – 13 000 000 so‘m
Boshqa OTM lar ko’rib chiqing.
Bog’lanish uchun raqamlar.
Navoiy viloyati Karmana tumani Toshkent ko’chasi 39-uy.







