Mehmon haqida maqollar. Ushbu maqolada mehmon va mehmondo’stlik haqida maqollarni saralarini taqdim etamiz. Siz ham foydalaning va bahramand bo’ling.
Mehmon haqida maqollar.
Betamiz mehmon mezbonni qistar.
Birinchi kun mehmon — oltin mehmon,
Ikkinchi kun — kumush,
Uchinchi kun — mis,
Uchdan o’tsa — pes.
Borini bergan uyalmas.
Yo’lli kishining mehmoni bir kelar.
Yo’qcha guruch osh bo’ladi,
Mehmon ko’ngli shod bo’ladi.
Kelguncha mehmon uyalar,
Kelgandan so’ng mezbon uyalar.
Kelish mehmondan, ketish mezbondan.
Kelmoq ixtiyor bilan,
Ketmoq ijozat bilan.
Mezbon borini qo’ysa,
Mehmon ozga sanamas.
Mehmon — aziz, mezbon — laziz.
Mehmon — atoyi xudo.
Mehmon joyi ko’z ustida.
Mehmon izzatda,
Mezbon xizmatda.
Quyida mehmon haqida mashhur maqollar keltirilgan:
Mehmon haqida o‘zbek xalq maqollari mehmonnavozlik va insoniy qadriyatlarni yuksak qadrlashning yorqin ifodalaridir.
- Mehmon otangdek aziz.
- Mehmonlarni hurmat qilish insoniylik belgisi ekanligini ta’kidlaydi.
- Mehmonga o‘z yeringni tor tut, o‘z ko‘nglingni keng tut.
- Mehmonni ko‘ngil bilan kutib olish muhim ekanini bildiradi.
- Mehmon keldi – nur keldi.
- Mehmon uyga baraka olib kelishini ifodalaydi.
- Mehmoning bilan g‘azab qilma, g‘azab qilsang, barakadan ayrilasan.
- Mehmon kelganida sabr va hushmuomalalikni qo‘llash zarurligini o‘rgatadi.
- Mehmon kelar – rizqing bilan kelar.
- Mehmon o‘z rizqi bilan keladi, deya mehmonni siylashdan cho‘chimaylik, degan mazmun anglatiladi.
- Uyda mehmon bo‘lsa, qozon qaynar.
- Mehmon kelishi har doim harakat va barakani uyg‘otadi, degan tushuncha.
- Mehmoning boqsang, oshing ko‘payar, boqmasang, oshing kamayar.
- Mehmonni siylash rizq va boylikni oshiradi, aks holda esa barakadan ajralish xavfini bildiradi.
- Mehmon – mezbonning baxti.
- Mehmon keldi degani, uy egasiga sharaf keldi degan ma’noni bildiradi.
- Mehmon uyning ziynati.
- Mehmon bor joy doimo fayzli va bezakli bo‘ladi, degan ishonch.
- Mehmonga qilgan hurmating – o‘z hurmating.
- Mehmonni izzat qilish o‘z obro‘ying va sharafingni oshiradi, degan fikr.
Boshqa 30 ta maqol mehmon haqida.

Mehmon kelar eshikdan,
Rizqi kelar teshikdan.
Mehmon kelgan uy — barakali.
Mehmon kelgan uyning chirog’i ravshan.
Mehmon kelsa, pastga tush,
Palov bermoq ahdga tush.
Mehmon kelsa uchtakkina,
Uchib ketsa qushdakkina.
Mehmon kelsa choptirar,
Bor-yo’g’ingni toptirar.
Mehmon kelsa, et pishar,
Et bo’lmasa, bet pishar.
Mehmon ko’rki — dasturxon.
Mehmon mezbonga aziz,
Mezbon — mehmonga.
Mehmon mehmonni sevmas,
Mezbon hammasini sevmas.
Mehmon nosi uch kundan keyin sasir.
Mehmon oz o’tirar, ko’p ko’rar.
Mehmon oz o’tirsa ham, ko’p sinar.
Mehmon — otangdan ulug’.
Mehmon so’rab yemas.
Mehmon — uy egasining buzog’i.
Mehmon — uyning ziynati.
Mehmonga osh qo’y,
Ikki qo’lini bo’sh qo’y.
Mehmonga shirin so’z ber.
Mehmonni siylagan itiga suyak tashlar.
Mehmonning itini tur dema.
Mehmonning ketishini so’rama,
Kelishini so’ra.
Mehmonning oldida mushugingni pisht dema.
Mehmonning otini asl derlar,
Uch kundan so’ng sasir derlar.
Mehmonning o’zi ham mehmon,
So’zi ham mehmon.
Mehmonxonang tor bo’lsa ham,
Mehri-diling keng bo’lsin.
Oyda kelganga — oyoq,
Kunda kelganga — tayoq.
Ochiq yuz — oshdan shirin.
Osh — mehmon bilan aziz.
Osh — egasi bilan shirin.
Supurilmagan uyga mehmon kelar.
Suhbat sevmagan tegirmon qurdirar,
Mehmon sevmagan bolasini urar.
Chaqirilmagan mehmon —
Sariq itdan yomon.
Ushbu maqollar to’plami saytdan olindi.







