Vatan haqida maqollar to’plami. Vatan haqida maqollar, milliy qadriyatlar va ona yurtga bo‘lgan sevgini, hurmatni targ‘ib qilishga qaratilgan. Bu maqollar ota-bobolarning ajdodlarga bo‘lgan hurmatini, vatanni himoya qilish majburiyatini, uning taraqqiyoti uchun har bir fuqaroning rolini ifodalaydi. Mana, vatan haqida ba’zi maqollar:
Vatan haqida maqollar
- Vatan – insonning eng ulug‘ tuyg‘usi.
- Vatan uchun o‘lganlar – yashaganlar.
- Vatan ozod, xalq erkin bo‘lishi kerak.
- Vatan sog‘ligi bor ekan, qayg‘uga o‘rin yo‘q.
- Vatanni sevgan, xalqni sevgan bo‘ladi.
- Vataningni sev, undan ortiqcha so‘rab boyig‘aningni ko‘rsat.
- Vatan tarixi, madaniyati — xalqning hamisha baxtli va baxtli bo‘lib sog‘inini kelmoqdamiz.
- Yordan ayrilsang ham, eldan ayrilma.
- Yoridan ayrilgan yetti yil yig’lar, Yurtidan ayrilgan o’lguncha yig’lar.
- Yoringni gul orasidan izla, Erkingni — el orasidan.
- Yigit g’ami elida, Elning g’ami dilida.
- Kiymoqqa katan yaxshi, Turmoqqa vatan yaxshi.
- Kishi yerida sulton bo’lguncha,
O’z elingda cho’pon bo’l. - Kishi yurtida sulton bo’lguncha,
O’z yurtingda ulton bo’l. - Kishi yurtida shoh bo’lguncha,
O’z yurtingda gado bo’l.
Boshqa maqollar to’plami.
Non gadosi bo’lsang ham, Yurt gadosi bo’lma.
Ona yerning tuprog’i — ona sutidan aziz.
Ona yurting — oltin beshiging.
Ona yurting omon bo’lsa,
Rangi ro’ying somon bo’lmas.
Sigirning suti — tilida,
Erning quti — elida.
Sovuq urgandan qolar,
Tuproq surgandan qolmas.
Suvni bersang elga,
Yasharsan ming yilga.
Tovushqonga tug’ilgan tepasi aziz.
Tuqqan yerda tug’ing tik.
Tuqqan elga jon tortmasa ham, qon tortar.
Tug’ilgan yerdan ko’ngil uzilmas,
Yurt qo’riganning yurti buzilmas.
Tug’ilgan yering — Vataning,
Vataning — nomusing.
To’ygan yerdan tuqqan yer yaxshi.
Ursa ham, el yaxshi,
So’ksa ham, el yaxshi.
Fil tushida Hindistonni ko’rar.
Changal ham o’z joyida gurillar.
Yangilari.
Ekin yerida ko’karar,
Er — elida.
El bor bo’lsa, er xor bo’lmas,
Er bor bo’lsa, el xor bo’lmas.
El boshiga kun tushsa,
El yaratgan er kelar.
El boshiga tushgani —
Er boshiga tushgani.
El ishini er qilur,
Er qadrini el bilur.
El-kunim bo’lmasa,
Oy-kunim tug’masin.
El kuyunganda kuyungan — botir,
El suyunganda suyungan — botir.
El tilagin tilagin,
Siniq ko’nglin siylagin.
El egasiz bo’lmas,
To’n — yoqasiz.
El qudrati — chin qudrat,
Vatan tuprog’i — qimmat.
El qurimasa, yer qurimas.
El — qo’ngan yerda,
Ot — to’ygan yerda.
El qo’ngan yerni bilar,
Ot to’ygan yerda tinar.
El g’amini bilgan elda doston.
Elga manzur — erga manzur.
Elga xizmat — oliy himmat.
Elga qo’shilgan moy yutar,
Eldan ayrilgan qon yutar.
Elga qo’shilganning ko’ngli to’q,
Eldan ajralganning beti yo’q.
Elga qo’shilsang, er bo’lasan,
Eldan ajralsang, yer bo’lasan.
Elda bori — senda bori.
Eldan ayrilguncha, jondan ayril.
Eliga vafo qilgan
Yoviga jafo qilar.
Elidan bezgan er o’ngmas,
Ko’lidan bezgan g’oz o’ngmas.
Elim boshqa degan, el bo’lmas.
Eling senga cho’zsa qo’l,
Unga doim sodiq bo’l.
Eling-yurting bo’lmasa,
Oying-kuning bo’lmasin.
Elli yer — bozor,
Elsiz yer — mozor.
Ellik yilda el yangi.
Elning baxti — erning baxti.
Elning ichi — oltin beshik.
Elning yirtig’iga yamoq bo’l,
Uzuniga uloq bo’l.
Elning egasi bo’l,
Tobutning chegasi bo’l.
Elning g’ami — erning g’ami.
Er bolasi — el bolasi.
Er davlati — elida.
Er yigit elga tortar.
Er yigit o’zi uchun tug’ilar,
Eli uchun o’lar.
Eringdan bezsang ham,
Elingdan bezma.
Erning ishi — elning bo’ynida,
Elning ishi — erning bo’ynida.
Erning moli — elning moli.
Yurt boshiga ish tushsa,
Er yigit hozir.
Yurt egasi yo’lbarsdir,
Oldirgani qo’ymasdir.
Yurt qo’ri, eling o’sar,
Qo’rimasang, uying to’zar.
Yurt qo’risang, o’sarsan,
Qo’rimasang, to’zarsan.
Yurtda odam bo’lmasa,
To’ng’iz tepaga chiqar.
Yurtdan ayrilganni yov chopar.
Yurtdan ketgan, yurtmonda.
O’tar hasrat, armonda.
Yurti boyning o’zi boy.
Yurtim — ko’ksim,
Elim — iligim.
Yurting omon — o’zing omon.
Yurtni dedim, yuzga kirdim.
Yaxshi yigit yurt tuzar,
Yomon yigit yurt buzar.
Maqollar to’plami.







