Mehnat haqida maqollar

Mehnat haqida maqollar Maqollar to'plami

Mehnat haqida maqollar. Mehnat haqida sara maqollar to’plami.

Mehnat haqida maqollar

Ayb yilda emas, mehnatda.

Aravani ot tortar, 
Ko’lankasin — it.

Ari zahrin chekmagan
Bol qadrini bilmas. 

Ariq qazimasang, otizga suv chiqmas.

Arg’umog’im jirtak otdi, 
Loyni ko’rib tappa yotdi.

Axtargan topar.

Ahmoqning kulgusi ko’p, 
Dangasaning — uyqusi.

Ahdi borning baxti bor.

Ahd qilgan baxt topar.

Baxt yalqovga begona.

Baxtingga ishonma, barmog’ingga ishon.

Bekor o’tirguncha, bekor ishla.

Bekordan xudo bezor.

Bekorchidan — bemaza gap.

Bekorchidan el bezor, 
So’zidan ko’ngil ozar.

Bekorchilik — bemazachilik.

Bekorchining beti yo’q, 
Qozon osar eti yo’q.

Bekorchining hunari — g’iybat.

Beli bog’liqning dili bog’liq.

Bemaza qovunning urug’i ko’p.

Bemehnat hikmat yo’q.

Bermas tangridan hormas ovchi olar.

Bersang — olasan, eksang — o’rasan.

Betashvish bosh qayda, 
Mehnatsiz osh qayda.

Bir ezma topadi, bir — kezma.

Bir qo’llab eksang, 
Ikki qo’llab o’rasan.

Birni birov beradi, 
Ko’pni — mehnat.

Birov uchun birov qozon osmas.

Birovning bergani — ko’rgulik, 
Mehnatning bergani — to’ygulik.

Bozoringni o’zing qil, 
Tegirmoningni o’zing tort.

Bor-bor, ishda bor, 
Ishlamagan nonga zor.

Boqsang — bog’, boqmasang — tog’.

Bog’ jamoli — bog’bondan.

Bog’ kimniki — bog’bonniki.

Bog’bonga tog’ yarashmas, 
Biyobonga — bog’.

Bog’ni boqsang — bog’ bo’lur, 
Botmon dahsar yog’ bo’lur.

Boqimsiz bog’ tog’ bo’lur, 
Yurak-bag’ring dog’ bo’lur.

Kril alifbosida maqollar.

Киши берса — кўримли,

Меҳнат берса — тўйимли.

 

Иш иштаҳа очар,

Дангаса ишдан қочар.

 

Иш кучини елга берма, ерга бер,

Жамғармани селга берма, элга бер.

 

Иш қолса — меҳнат,

Ош қолса — давлат.

 

Иш қуролинг соз бўлса,

Машаққатинг оз бўлар.

 

Машаққатсиз бахт келмас,

Меҳнатсиз тахт келмас.

 

Меҳнат бахт келтирар.

 

Меҳнат билан ер кўкарар,

Дуо билан — эл.

 

Меҳнат ва ўқиш — оға-ини.

 

Меҳнат ерда қолмас,

Олтин — йўлда.

She'rlar
Maqollar
Shaxsiy rivojlanish
Telegram