Kuz haqida maqollar

Kuz haqida maqollar Maqollar to'plami

E’tiboringizga Kuz haqida maqollar ni taqdim etamiz. Ushbu maqollar sizga juda kerakli hamda foydali bo’ladi degan umiddamiz. Quyida Oltin kuz va kuz falsi haqida bir biridan eng chiroyli maqollar to’plamini ham taqdim etamiz.

Kuz haqida maqollar.

  • Aqrab kelar hayqirib, Bola-chaqasini chaqirib.

  • Aqrab keldi aqirib, Sovuqlarni chaqirib.

  • Aqrabda jo’xorini sovuq urmasa, Oxiratda ham urmas.

  • Bars yili — boylik, Quyon yili — qahatchilik.

  • Dalv kirdi — davr kirdi.

  • Dalv kirdi, ekinlarga davr kirdi.

  • Yoz — yozil, qish — qisil.

  • Yoz yomg’iri yondan o’tar, Qish yomg’iri — jondan.

  • Yoz harakati — soz harakat.

  • Yozgi harakat — kuzgi barakat.

  • Yozning yozig’i — qishning ozig’i.

  • Yozning yomg’iridan qo’rq, Qishning — qirovidan.

  • Yozning kuni — yuz turli, Qishning kuni — qirq turli.

  • Laylak kelmay, yoz bo’lmas, Qirg’iyak chopmay, kuz bo’lmas.

  • Laylak kelsa — yorug’ yoz, Turna kelsa — tunuq yoz.

  • Mizon chiqib, aqrab kirsa — qish.

  • Navro’zdan so’ng qish bo’lmas, Mizondan so’ng yoz bo’lmas.

  • Oy boshida kun yo tuzalar, yo buzilar.

  • Oy chalqancha tug’sa, oy bo’yi ayoz.

  • Oy o’tovlasa, oylik g’amingni ye, Kun o’tovlasa, kunlik g’amingni ye.

  • Oqpon-oqpon olti kun, Oy-hoy sening qotuving.

  • O’lchab osgan etingga Qo’noq kelsa, qattiq kun.

  • Oqponda ot odimiday kun uzayar.

  • Payshanbaning kelishi chorshanbadan belgili.

  • Savr bo’lmay, sayron bo’lmas, Sayron bo’lmay, ayron bo’lmas.

  • Savr degan sonli qish, Men javzongdan qo’rqaman.

  • Savr yomg’iri — sari oltin.

  • Savr kelsa, muz turmas, Quda kelsa, qiz turmas.

  • Savr kirdi — ekinlarga davr kirdi.

  • Saraton — sara ekish, Qolaversa — tariq ekish.

  • Saratonda suv qo’y, Asadda tek qo’y.

  • Safar oyi — xatar oyi.

Tavsiya etamiz : boshqa turdagi maqollar.

20 ta Kuz haqida maqol.

  • Savalab yoqqan yomg’ir yomon, Maydalab yoqqan qor yomon.

  • Sovuq oyoqdan urar, Issiq — boshdan.

  • Soyda yotma, sel olar, Qirda yotma, yel olar.

  • Sumbula tug’ar sumpayib, Ot semirar qampayib.

  • Sumbula tug’sa, suv sovir, Tarozi tug’sa, tong sovir.

  • Sumbulada suv soviydi, Mizonda — kun.

  • Sumbulaning suvi tiniq, o’zi sovuq.

  • Sumbulaning suvi — sharob.

  • Sumbulaning tuqqanini suv bilar.

  • Toqqa yog’sa, cho’l obod, Cho’lga yog’sa, el obod.

  • Toqqa qalin qor tushgani — Yerning qonib suv ichgani.

  • Tog’ havosi — dard davosi.

  • To’qson kirsa, to’rg’ay odimicha kun uzayar.

  • To’qson to’lmay, yoz chiqmas.

  • Chilla kirsa — chil oyog’i.

  • Chilla suvi — tilla suvi.

  • Chilla qori — yerning qoni.

  • Chillaga chillaki chidamas.

  • Chillada sug’orilgan bog’, Chil botmon uzum berar.

  • Shanbada bichma, jumada ko’chma.

  • Ertalabki tuman ochar, Kechki tuman yopar.

  • Yantoq gullasa, chilgi pishar.

  • Yaxshi yil bahoridan ma’lum, Yaxshi kun — saharidan.

  • Yaxshi kelsa — hut, Yomon kelsa — yut.

  • Yaxshi kelsa hutni ko’ring, Xurma-xurma sutni ko’ring.

  • Yomon kelsa, hutni ko’ring, Serrayib yotgan putni ko’ring.

  • Qantar ovsa, qalt etar, Dehqonning ko’zi yalt etar.

  • Qantar ovsa, qoziqning boshida qor turmas.

  • Qantarda qarg’a odimiday kun uzayar.

  • Qarg’a ketmay, qor ketmas, Turna kelmay, muz ketmas.

  • Qarg’a qag’illasa, qishni chaqirar, G’oz g’ag’alasa — yozni.

  • Qirqkuyak keldi — kuz keldi.

  • Qirqkuyakda qindagi ham pishar.

  • Qirqkuyakda qirq tomguncha, Mizonda bir tomsin.

  • Qish — oladan, yoz — moladan.

Tavsiya etamiz : boshqa turdagi maqollar.

  • Qish o’tar, qoralik qarg’aga qolar.

  • Qish o’chog’i tor, Tur, uyingga bor.

  • Qish qattiq kelsa — it yili.

  • Qish qilig’ini qilmay qo’ymas, Yoz yo’rig’ini yo’ymay qo’ymas.

  • Qish — qisilmoq, yoz — yozilmoq.

  • Qish qishligini qilmasa, Yoz yozligini qilmas.

  • Qish qo’nog’i — o’t.

  • Qishning bir kuni qolsa qo’rq.

  • Qishning kuni qirq turli, Qirqovi ham qiliqli.

  • Qishning sovug’ida to’ngandan, Yozning issig’ida o’lgan yaxshi.

  • Qishning qahri — kuzga baraka.

  • Qishning qori — yozga dori.

  • Qor yog’di — don yog’di, Yomg’ir yog’di — osh yog’di.

  • Qor — osh bilan non.

  • Qora bulutdan tiniq suv tomar.

  • Qorachaning qori turmas.

  • Quruq ayoz — tilsiz yov.

  • G’oz kelgani — yoz kelgani.

  • Hamal kirdi — amal kirdi.

  • Hulkar tug’di — o’t tug’di.

  • Hulkarli oyning bari qish.

  • Hut kirdi, dehqonning ketiga quit kirdi.

  • Hut kirdi, yer ostiga dud kirdi.

  • Hut suviga ho’kizingni sug’orma.

  • Hut — yut.

  • Hutda mol to’ymasa, odam to’ymas.

She'rlar
Maqollar
Shaxsiy rivojlanish
Telegram