Taʼlim ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi

Yangiliklar

Taʼlim ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3635) bilan “Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Ustalar har 5 yilda bir marta majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi. Ilgari attestatsiyadan oʻtmagan va ishga yangi qabul qilingan yoki taʼlim tashkilotlarini bitirib, birinchi bor ishga kirganlar mutaxassisligi boʻyicha uch yil pedagogik ish stajiga ega boʻlgandan soʻng majburiy attestatsiyaga jalb qilinadi.

Ustalar oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtishi mumkin.

Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari oliy yoki oʻrta maxsus (kasbiy taʼlim) maʼlumot olganligi, norasmiy va informal orttirilgan ko‘nikma va malakalarni tan olish (“Recognition of Prior Learning”) diplom yoki sertifikatlar shuningdek qayta tayyorlash kursidan oʻtganligi haqidagi diplomida koʻrsatilgan mutaxassisligi yoki ixtisosligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi.

Ustalar har yili 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar bevosita pedagog.edu.uz elektron axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladilar.

Attestatsiyadan oʻtkazish 2 bosqichda (umumiy 100 ballik) amalga oshiriladi:
1-bosqichda – ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi baholanadi (20 ballik);
2-bosqichda – ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining nazariy va amaliy koʻnikmalari baholanadi (80 ballik).

Kasbiy taʼlim attestatsiya nizom 3635

She'rlar
Maqollar
Shaxsiy rivojlanish
Telegram