Al-Beruniy xalqaro maktab-internatiga kirish tartibi qanday? .
Yaqinda “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturini boshlash va “Garvardchilar maktabi”ni ochish bo‘yicha katta farmon imzolangan edi.
Bu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida tashkil etilgandi.
🗓 5-iyundan ushbu maktabga arizalar qabuli boshlandi.
❓Maktabga kimlar qabul qilinadi?
Bu yil 9-sinfga boradigan (8-sinfni tugatgan) 60 nafar o‘quvchi imtihon asosida qabul qilinadi.
❓Kirish imtihonlari qanday tartibda o‘tkaziladi?
Imtihon ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi:
1⃣-bosqichda o‘quvchilar matematika hamda ingliz tili fanlaridan 40 tadan test topshirig‘ini bajaradi.
2⃣-bosqichda eng yuqori natija qayd etgan 300 nafar nomzod uchun Toshkent shahrida imtihon o‘tkaziladi. Ulardan quyidagilar talab etiladi:
🔹 matematikadan 5 ta masala yechish;
🔹 ingliz tilidan 4 ta yozma ish (esse) yozish.
Imtihonda eng yuqori natija qayd etgan 60 nafar o‘quvchi maktabga qabul qilinadi. Darslar Toshkent shahrida, Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosida tashkil etiladi.
📥 Arizalar 25-iyungacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali qabul qilinadi.
📞 Murojaat uchun: @piima_admission_chatbot
Call-markaz: 1206 yoki +998781137789







