Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish qo’llanmasi.
Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga () asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz (https://my.gov.uz/oz/service/870) portali orqali yuborishlari mumkin.
Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga (https://lex.uz/uz/docs/-6568679#:~:text=5.%20Imtiyozli%20ro%E2%80%98yxatga%20quyidagi%20mezonlarning%20biriga%20mos%20keluvchi%20talabalar%20kiritiladi%3A) ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi () talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
➡️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
➡️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
➡️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.







