Ahmad Yassaviy hikmatlari haqida

Ahmad Yassaviy hikmatlari Adabiyot

Ahmad Yassaviy hikmatlari haqida.

Ahmad Yassaviy she’rlarining har parchasiga «hikmat» unvoni berilgan, to‘planib kitob(ning) shakliga keltirilgan. Bu kun oramizda bu kitobning bir ko‘b qo‘lyozma nusxalari bo‘lg‘ani kabi Toshkent, Istanbul, Qozon shaharlarida bosilg‘an bosma nusxalari ham ko‘bdir.

Ahmad Yassaviyning bu asari hijriy beshinchi-oltinchi asrning adabiy bir yemishi, ya’ni mashhur «Qutadg‘u bilig» kitobidan bir asr so‘ngra «Hibat ul-haqoyiq» kitobi bilan bir asrda yozilmish bo‘lg‘ani uchun adabiyot, ayniqsa, el tariximiz uchun katta ahamiyatliq asarlaridan sanalsa kerak edi. Hijriy beshinchi-oltinchi asrda yozilg‘an turkcha asarlarning ozlig‘ini ko‘zga olg‘animizda bu asarning qiymati yana ortg‘an bo‘lur edi. Lekin baxtga qarshu mas’alaning shu tomoni kutganimizdan biroz boshqachadir: «Devoni hikmat»ning bu kun ma’lum bo‘lg‘an nusxalarining hammasi so‘ng zamonlarda yozilg‘an nusxalardir.

Uning Yassaviy zamonig‘a yaqin bir zamonda yozilg‘an bir nusxasi maydonda yo‘q. Bukun «Devoni hikmat»lardag‘i parcha haqiqatan Yassaviynikimi? Undan so‘ngra davom etgan shogirdlari, muridlari uning otig‘a ba’zi parchalar yozib tarqatmadilarmi? Bu kun(gi) «Devoni hikmat»ning hammasi, hech bo‘lmag‘anda bir qismi so‘ng zamonda yetishkan mana shunaqa shogirdlarining asarlari emasmi?

«Bu kun ilm dunyosida ma’lum «Devoni hikmat»larni mana shunday shubhalar ostiga qoldirish mumkin. «Devoni hikmat»ning Yassaviy zamonig‘a yaqin bir zamonda yozilg‘an biror nusxasi topilmaguncha, bu shubhalarni yo‘qotish mumkin emas. Bu shubhalar yo‘qolmag‘uncha, ma’lum «Devoni hikmat»larni til tarixi qarashidan tekshirishdan ilmiy bir natija chiqmaydi».

She'rlar
Maqollar
Shaxsiy rivojlanish
Telegram