Toshkent arxitektura-qurilish universitetida taʼlim tizimi samaradorligi oshiriladi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Abituriyentlar

“Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatida taʼlim tizimi samaradorligini oshirish va ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan integratsiyasini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-209-son, 01.07.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2025/2026 oʻquv yilidan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida oʻqitishning dual taʼlim shakli joriy etiladi:

🔸 1-kurs talabalari uchun – taʼlim dasturlarining 60 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 40 foizi (amaliyot qismi) qurilish sanoati korxonalarida;

🔸 2-, 3- va 4-kurs talabalari uchun – taʼlim dasturlarining 40 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 60 foizi (amaliyot qismi) qurilish sanoati korxonalarida.

📝 2025-yil 1-sentyabrdan tajriba-sinov tariqasida “maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

✔️ Bunda Toshkent shahri Yunusobod tumani 250- va 273-sonli umumtaʼlim maktablari Universitetga biriktiriladi va Universitet:

🔸 har oyda 1 marotaba 7–9-sinf oʻquvchilarini ularning qiziqishlari doirasida belgilangan sohalarga oid mavzularni Universitet laboratoriyalarida darsdan tashqari mashgʻulot sifatida oʻqitadi.

2025-yil 1-sentyabrdan “Universitet – laboratoriya – korxona – vazirlik” ekotizimi joriy etiladi.

Ekotizim doirasida har yili talabalar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar oʻrtasida “Eng yaxshi 20 ta gʻoya” tanlovi eʼlon qilinib, saralab olinadi;

💸 Shuningdek, amaliyotga joriy etilgan ilmiy tadqiqotlar mualliflarini BHMning 35 baravari miqdorida moliyaviy ragʻbatlantiradi.

🔗 2025-yil 1-sentyabrdan davlat oliy taʼlim tashkilotlarining arxitektura va qurilish yoʻnalishidagi barcha laboratoriyalari faoliyati Universitet tomonidan “UniLab” platformasi orqali muvofiqlashtirib boriladi.

She'rlar
Maqollar
Shaxsiy rivojlanish
Telegram