Test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar davom etadi

Test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar davom etadi Abituriyentlar

⏰ Test sinovlari kuniga 2 smenada yopiq pavilyonlarda tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi.

🏃🏻‍➡️🏃🏻‍♀️‍➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

📄 Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga Abituriyent ruxsatnomasi my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sayti orqali berilmoqda.

📋 Abituriyentlardan ruxsatnomani yuklab olishlari hamda qog‘ozga chop etib qo‘yishlari so‘raladi.

✅ Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi.

❌ Boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

✅ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❌ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

She'rlar
Maqollar
Shaxsiy rivojlanish
Telegram