Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
Talabgorlar imtihon boshlanishidan bir yarim soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi imtihondan oldin ota-onalarga tavsiyalar berdi: (https://t.me/piimauz/25323)
➖ Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz;
➖ Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz;
➖ Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e’tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi).
❗️Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.
⏰ Imtihonlar 3 ta smenada bo‘lib o‘tadi:
▪️1-smena: soat 8:00 da;
▪️2-smena: soat 12:00 da;
▪️3-smena: soat 17:00 da;
📞 Qo‘shimcha savollar uchun 1206 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.







