Aniq fanlar oliy maktabida qabul

Aniq fanlar oliy maktabida qabul Abituriyentlar

Aniq fanlar oliy maktabida qabul.

🏢 Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzurida 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab Aniq fanlar oliy maktabi (School of Exact Sciences) tashkil etilmoqda. Bu maktab boʻlajak olimlar, innovatorlar va chuqur bilimli o‘qituvchilarni tayyorlashga yo‘naltirilgan ilg‘or yondashuvga ega.

🎓 Oliy maktabda quyidagi bakalavriat yo‘nalishlari bor:

✅ 60540100 — Matematika;
✅ 60610100 — Axborot tizimlari va texnologiyalari;
✅ 60610500 — Sun’iy intellekt va robototexnika.

💡 Oliy maktabning asosiy ustunliklari:
➖ Oliy maktabda ilgʻor xalqaro dasturlar asosida ta’lim beriladi. Jumladan, Cambridge University Press & Assessment bilan hamkorlikda, Yangi O‘zbekiston universiteti tajribasi asosida ta’lim dasturlari ishlab chiqilgan.
➖ Oʻz sohasining yetuk mutaxassislari, darslarni toʻliq ingliz tilida olib boradigan yuqori malakali o‘qituvchilar jamoasi faoliyat yuritadi.
➖ Taʼlim texnologik, pedagogik va mazmuniy yondashuvlarni integratsiyalovchi TPACK modeli asosida olib boriladi.

☝🏼 OʻzMPUni tanlang va o‘zingizni kelajak ta’limining bir qismiga aylantiring.

📍Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi 27-uy.
Batafsil: https://uznpu.uz/
Murojaat uchun: +998712024421

She'rlar
Maqollar
Shaxsiy rivojlanish
Telegram