Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi Abituriyentlar

Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi my.uzbmb.uz saytidan yuklab olish.

Test sinovlariga kirish uchun abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin (Qayd varag‘i degan sahifada yuklab olish tugmasi paydo bo‘lgan).

Yoki shaxsiy kabinetga kirmasdan, shunchaki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasi orqali pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

She'rlar
Maqollar
Shaxsiy rivojlanish
Telegram