Toifa olish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlandi

Toifa olish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlandi O'qituvchilar

Toifa olish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlandi.

📌 Joriy yilning 1-avgustidan boshlab avgust dekabr oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlandi.

Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari joriy yil avgust dekabr oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar roʻyxatdan oʻtishi va murojaat yuborishi mumkin.

Murojaatlarni:
➡️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb-saytidagi pedagog.uzedu.uz (https://pedagog.uzedu.uz/)— platformasi orqali (ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi)

➡️Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz/uz orqali.

She'rlar
Maqollar
Shaxsiy rivojlanish
Telegram